Kontent qismiga oʻtish

Nandina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nandina domestica(/nænˈdnə/ nan-DEE-nə)odatda nandina, samoviy bambuk yoki muqaddas bambuk nomi tanilgan. Zirkdoshlar oilasiga mansub, Himoloydan Yaponiyagacha boʻlgan sharqiy Osiyoda oʻsuvchi oʻsimlik turi. Bu tur Nandina monotipik turkumining yagona vakili. U bogʻlarda manzarali oʻsimlik sifatida keng tarqalgan boʻlib, salqin oylarda yorqin qizil kuzgi barglari, bahorda oʻsib chiquvchi jozibali barglari bilan ajralib turadigan bir qator navlari ishlab chiqilgan. Mashhur manzarali buta boʻlsa-da, mevalari qushlar uchun zaharli[1], ayniqsa qishning oxirida[2].

Turkum nomi Nandina yaponcha nanten soʻzidan olingan[3]. Binar nomi " uydagi " yoki „uy xoʻjaligi“ degan maʼnoni anglatadi[3].

Muqaddas bambuk mevalari

„Muqaddas bambuk“ deb atalishiga qaramay, u bambuk emas, balki boʻyi 2 metr gacha boʻlgan doimiy yashil butadir. Yaltiroq barglari uzunligu 50-100 santimetr, ikki yoki uchga boʻlingab, alohida varaqalar uzunligi 4-11 santimetr uzun kengligi 1,5-3 santimetr.

Gullar

Bahorda tangi chiqqan barglar avval keyin yashil rangga kiradi; eski barglar toʻkilishidab oldin qizil yoki binafsha tusga kiradi.

Toʻpgullarida koʻp sonli bir jinsli gullari roʻvak toʻpgulda joylashgan. Gullar yozning boshida barglar ustida joylashgan konussimon klasterlarda paydo boʻladi. Mevasi yorqin qizil rangda, kech kuzda pishib, koʻpincha qishgacha turadi.

Bogʻning tarixi va yetishtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Barglarning rangi mavsumga qarab oʻzgaradi

Asrlar davomida Xitoy va Yaponiya bogʻlarida yetishtirilgan N. domestica Gʻarb bogʻlariga Uilyam Kerr tomonidan olib kelingan. Gulning birinchi turlarini 1804-yilda Kantondan oʻzining birinchi partiyasi bilan Londonga joʻnatgan[4]. Ingliz seleksionerlari, uning chidamliligiga ishonchlari komil boʻlmaganligi sababli, uni dastlab issiqxonalarda saqlashgan. Karl Piter Tunberg tomonidan berilgan ilmiy ism oʻsimlikning yaponcha nomining lotinlashtirilgan versiyasidir[4]. Yaponiyada tur ayniqsa mashhur va milliy Nandina jamiyati mavjud. Shanxayda yangi yil arafasida koʻchalarda uylar va ibodatxonalarni bezash uchun nandinaning rezavorlar sotiladi[4].

Nandinaning Buyuk Britaniyada kam meva beradigan navi oʻstiriladi, lekin uni USDA 6-10 chidamlilik zonalarida oʻstirish mumkin. Nandina issiqlik va sovuqqa chidamli .

Nandina qushlar[5] va hayvonlar uchun juda zaharli hisoblanadi[2]. Rezavorlaning poyalarini bahorda osongina qoʻl bilan uzib tashlash mumkin. Tabiiy fitokimyoviy moddalar tufayli bu oʻsimlik quyon, kiyik va jayralar uchun toʻsiq sifatida ekilishi mumkin.

Bu oʻsimlikning mashhur navlari:

  • Blush — boʻyi birboz pastroq, qish oylarida barglari yorqin qizil rangga kiradi[6].
  • Fire power — balandligi 2 dan 2 1/2 futgacha, qizil qishki barglari tufayli shunday nomlangan[7].
  • Gulfstream — kengligi 3 fut va balandligi 3 dan 3 1/2 futgacha boʻlgan u tor, olmos shaklidagi barglarga ega[7]
  • Moon Bay — boʻyi 1 m gacha boʻlgan zich va tik, uning olmos shaklidagi barglari (ular Gulfstreamga oʻxshash) mavsumiy ravishda ohak yashil, qizil, oʻrik va bordo rangdan oʻzgaradi.
  • Moyer’s red — 4 dan 6 futgacha oʻsadigan, och pushti gullarga ega boʻlgan mitti turi.
  • Nana — past toʻsiq uchun mos keladigan mitti nav
  • Obsesyon — boʻyi 2 dan 2 1/2 futgacha va bahor va kuzda qizil barglari bilan ajralib turadi[7].
  • Royal Princess — balandligi 8 futgacha yetadu bu nav qizgʻish rangli gullarga ega[7].
  • Sienna Sunrise — 3-4 fut balandlikda oʻsadi, u kuzda yorqin qizil barglari bilan ajralib turadi[7].

Oʻsimlikning barcha qismlari zaharli boʻlib, tarkibida[8][9] sianid hosil qiladigan birikmalar mavjud va isteʼmol qilingan taqdirda oqibati yomon boʻlishi mumkin. Oʻsimlik 4-toifaga, „odatda odamlar uchun toksik boʻlmagan“ toifasiga kiritilgan. Lekin rezavorlar mushuklar va oʻtloq hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi[10]. Mevalarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish cedar waxwings kabi qushlarni oʻldiradi[11].

Rezavorlar tarkibida nantenin alkaloidlari mavjud boʻlib, ular ilmiy tadqiqotlarda MDMA (ekstazi) ga qarshi antidot sifatida ishlatiladi[12][13].

  1. Davis. „Nandina Berries Kill Birds“. Audubon Arkansas (2016-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Nandina Berries Kill Birds Popular garden shrub berries are toxic to birds and other animals“, by Jerry W. Davis, Audubon Arkansas, 28 January 2016.
  3. 3,0 3,1 Gledhill, David (2008).
  4. 4,0 4,1 4,2 Alice M. Coats, Garden Shrubs and Their Histories (1964) 1992, s.v.
  5. „Why birds donʼt eat nandina berries“ by Rett Davis, The Times News, 28 November 2014.
  6. „Blush™ Nandina domestica“. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 What Are the Different Types of Nandina Shrubs?
  8. Abrol, Y. P.; Conn, E. E.; Stoker, J. R. (1966) „Studies on the identification, biosynthesis and metabolism of a cyanogenic glucoside in Nandina domestica Thunb.“
  9. Olechno, J. D.; Poulton, J. E.; Conn, E. E. „Nandinin: An acylated free cyanohydrin from Nandina domestica“. (1984) Phytochemistry 23(8):1784-1785 doi:10.1016/S0031-9422(00)83491-3
  10. „North Carolina State University Cooperative Extension Service Poisonous Plants of North Carolina“. 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  11. Woldemeskel, Moges; Styer, Eloise L. (2010). „Feeding Behavior-Related Toxicity due to Nandina domestica in Cedar Waxwings (Bombycilla cedrorum)“. Veterinary Medicine International (inglizcha). 2010-jild. 818159-bet. doi:10.4061/2010/818159. PMC 3005831. PMID 21197466.
  12. „Nantenine: an antagonist of the behavioral and physiological effects of MDMA in mice“ (PDF). Psychopharmacology. 173-jild, № 3–4. May 2004. 270–7-bet. doi:10.1007/s00213-003-1741-2. PMID 14740148.
  13. „(+/-)-Nantenine analogs as antagonists at human 5-HT(2A) receptors: C1 and flexible congeners“. Bioorganic & Medicinal Chemistry Letters. 19-jild, № 9. May 2009. 2530–2-bet. doi:10.1016/j.bmcl.2009.03.048. PMC 2677726. PMID 19328689.