Kontent qismiga oʻtish

Zirkdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zirkdoshlar (Berberidaceae) - ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Koʻp yillik oʻt, buta yoki daraxtlar. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha (4—5) qator boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik Z.ning gulida tojbarg bilan changchisi orasida shiradon — staminodiy boʻladi. Mevasi rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Yer yuzida 14 turkumcha mansub 650 turi bor. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil hududlarida usadi. Z.ning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp. Oʻzbekistonda 3 turkumga mansub 11 turi usadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil