Naseem Banu
Naseem Banu | |
---|---|
Banu in the film Ujala (1942) | |
Tavalludi |
Roshan Ara Begum 4-iyul 1916-yil Delhida tugʻilgan. |
Vafoti |
18-iyun 2002-yil (85 yoshda) Mumbai, Maharashtra, India |
Fuqaroligi | Britaniya Hindistoni, Hindiston va Hindiston ittifoqi |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1935-1966-yillar |
Turmush oʻrtogʻi | Ehsan-ul-Haq |
Bolalari |
Saira Banu Sultan Ahmed |
Naseem Banu (1916-yil 4-iyul 18-iyun 2002-yil) − hindistonlik mashhur aktrisalardan biri boʻlgan. Banu hind kino olamida Naseem nomi bilan tanilgan[1]. Oʻzining aktrisalik faoliyatini 1930-yilning oʻrtalarida boshlagan. Naseem 1950-yilning oʻrtalariga qadar aktrisalik faoliyatini davom ettirgan. Uning birinchi filmi — Sohrab Modi bilan „Xon Ka Xon“ (1935) edi. Naseemning eng yuqori yutugʻi Modining „Pukar“ (1939) nomli filmida malika Nur Jahan rolini oʻynagani bo'lgan. Qoʻshiqchi Naushadning aytishicha, u Pari-Chehra (farishta yuz) Naseem deb nomlangan[2]. Naseemning onasi Saira Banu mashhur aktrisalardan biri boʻlgan[3].
Naseem Banu 1916-yil 4-iyulda Hindistonning Old Delhi shahrida, sanatkorlar oilasida tugʻilgan. Uning onasi Chamiyan Bai oʻz davrining mashhur, shuningdek badavlat qoʻshiqchisi boʻlgan[4].
Naseem Dehlidagi Qirolicha Mariya oʻrta maktabida oʻqigan; onasi Shamshad Begum uni shifokor boʻlishni xohlagan[5]. Naseem filmlarda rol oʻynashga qiziqqan va aktrisa Sulochana (Ruby Myers) ga shogirdlikka tushgan. Naseemning bu sohaga qiziqishi, Bombaydagi suratga olinayotgan filmdan soʻng oshgan. Naseem filmlarda rol ijro eta boshlagandan soʻng, maktabga borishdan boshtortgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naseem Bombeyga kelib, Sohrab Modi bilan filmda rol o'ynash uchun shartnoma imzolagan. U oʻz faoliyatini Khoon Ka Khoon (Gamlet) filmi bilan 1935-yilning oʻrtalarida boshlagan. Minerva Movietone bayrogʻi ostida Modi bilan bir nechta filmlarni suratga olgan. „Xon Bahodur“ (1937), Taloq (Ajralish) (1938), Meta Zaxar va Vasanti (1938) kabi filmlarda rol oʻynagach, Nur Jahon rolida eng mashhur "Pukar" nomil filmi ustida ishlay boshlagan. Film bir yildan koʻproq vaqtni olgan va Naseemga bu filmi ajoyib tarzda mashhurlik olib kelgan[6]. Uning qoʻshiqlaridan biri „Zindagi Ka Saaz Bhi Kya Saaz Hai“ tomoshabinlar orasida mashhur boʻlgan[7]. Klassik Pukarning Naseemga aktrisa sifatida talabi oshgan, shuningdek bir nechta kino studiyalar tomonidan ular bilan birga ijro etish uchun murojaat qilingan. Minerva tomonidan ishlab chiqarilgan Sheesh Mahal (1950) filmida qatnashadi[1]. Uning eng yaxshi filmlaridan biri Pukar (1939), Chal Chal Re Naujawan (1944), Anoki Ada (1948), Sheesh Mahal (1950) va Shabiston (1951) boʻlgan[8]. Naseem oʻsha davrdagi eng yirik yulduzlar Sohrab Modi, Chandra Mohan, Prithviraj Kapoor, Trilok Kapoor, Ashok Kumar, Shyam, Surendra, Navin Yagnik, Prem Adib va Rehman bilan birga filmda suratga tushishga ulgurgan. 1951-yil Shabiston filmining suratga olish jarayonida mashhur aktyor Shyam Naseemning koʻz o'ngida otdan qulab, vafot etgan[9]. Naseem „Sinbad Jahazi“ (1952) va „Baghi“ (1953) kabi bir nechta jangovar va fantastik filmlarni suratga olgan, ammo tomoshabinlarga manzur kelmagan. Naseem 1957-yil oxirgi marta Minervaning Naushervan-E-Adil filmida kichik rolda oʻynagan va keyinchalik aktyorlikni tark etgan. 1958-yildan boshlab savdo-sotiq bilan shugʻillanishni boshlaydi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naseem bolalik doʻsti, arxitekt Mian Ehsan-ul-Haq bilan turmush qurgan. Ularning ikkita farzandi bir qizi Saira Banu va bir oʻgʻli Sultan Ahmed (1939 — 2016) boʻlgan. Naseem turmushga chiqqanidan soʻng Hindistonni tark etib, Pokistonga koʻchib kelishgan[10].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Oʻrin | Izohlar |
---|---|---|---|
1935 | Xon Ka Xon | Ofeliya | |
1937 | Xon Bahadur | ||
1938 | Meetha Zahar | ||
1938 | Talaq | Roopa | |
1938 | Vasanti | Vasanti | |
1939 | Pukar | Nur Jahan | |
1940 | Mayn Hari | Naseem | |
1942 | Ujala | ||
1944 | Chal Chal Re Naujawan | Sumitra | |
1944 | Begum | ||
1946 | Jeevan Swapna | ||
1946 | Eshik Chalen | ||
1947 | Mulaqat | Saeeda | |
1948 | Anoki Ada | Kamini | |
1949 | Chandni Raat | ||
1950 | Sheesh Mahal | Ranjana | |
1951 | Shabiston | ||
1952 | Ajeeb Ladki | ||
1952 | Betaab | ||
1952 | Sinbad Jahazi | ||
1953 | Baghi | ||
1957 | Naushervan-E-Adil | Malika-E-Iran | |
1966 | Chaddian Di Doli | Punjabi filmi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Pandya, Haresh. „Naseem Banu First female superstar of Indian Cinema“. Guardian News and Media Limited. The Guardian (2002-yil 4-sentyabr). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ Khubchandani. „They called her Pari Chehra Naseem“. Rediff.com. 2014-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ Kaur, Devinder Bir. „Original Beauty Queen of Hindi films“. The Tribune. The Tribune, Chandigarh (2002-yil 21-iyun). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Naseem Banu“. StreeShakti. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ Patel, Sushila Rani Baburao. Stars of the Indian Screen. India: Parker &Sons Limited, 1952 — 15-bet.
- ↑ Malik. „Naseem Bano“. cineplot.com. Cineplot.com. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ Tilak Rishi. Bless You Bollywood!: A Tribute to Hindi Cinema on Completing 100 Years. Trafford Publishing, 2012 — 168–-bet. ISBN 978-1-4669-3963-9. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Naseem Banu“. Muvyz, Inc. 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Shyam“. The Rest. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ However, according to some sources, Saira Banu was the love-child of Naseem and her lover Nawab Sir Liaqat Hayat Khan, former Prime Minister of Patiala State