Kontent qismiga oʻtish

Nashtarsimon serratula

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nashtarsimon serratula
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Serratula
Oila: Murakkabguldoshlar
Binar nomi
Serratula lancifolia

Nashtarsimon serratula (lotincha: Serratula lancifolia) – murakkabguldoshlar oilasi, serratula turkumiga mansub koʻp yillik, ildizpoyali, gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Samarqand va Jizzax viloyati Nurota togʻ tizmasi hamda Molguzar togʻida tarqalgan[1].

Balandligi 20-30 sm gacha yetadigan koʻp yillik ildizpoyali, oʻt oʻsimlik. Poyasi bir nechta, shoxlangan, ingichka, yuzasi silliq tuksiz. Barglari oddiy, poyada ketma ket joylashgan, charmsimon, toʻq yashil, tuksiz, chetlari butun, biroz oʻyilgan. Ildizoldi barglari bandli, nashtarsimon, boshqa barglari poya boʻylab yuqoriga koʻtarilgan sari bandi qisqarib, shakli kichrayib boradi. Oʻrama bargchalari koʻp, charmsimon, chetlari yumaloq. Gullari bir jinsli, tilsimon, savatcha toʻpgulda yigʻilgan. Gulkosachabarglari yoʻq. Gultojibarglari pushti yoki binafsharang tusda. Savatchasi yakka, poya uchida joylashgan, ostki qismi tuklar bilan qoplangan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun iyul oyida gullab, mevasi avgustda pishib yetiladi. Mevasi quruq pista meva. Yetilmagan urug‘lari silliq, tuksiz. Urug‘lari shamol orqali tarqaladi. Ildizpoyasi va urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam uchraydi. Samarqand va Jizzax viloyatlari Nurota togʻ tizmasi hamda Molguzar togʻlari atrofida tarqalgan. Tog‘larning oʻrta qismidagi mayda jinsli tuproqlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi, oʻsish joylarining insonlar tomonidan oʻzlashtirilishi va yem xashak sifatida yigʻilishi natijasida populyatsiya soni kamayib ketgan[2].

  1. „Serratula lancifolia“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.