Nasib janri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1]Nasibqasidaning lirik muqaddimasi bo‘lib, unda shoir o‘z hissiyotlari va rashki, mahbubasidan ajralib chekkan azoblari va muhabbat quvonchlari haqida hikoya qiladi. Ushbu janrning rivojlanishi badaviy shoirning qahramonliklariga sabab bo‘lgan mahbubasini ulug‘lash bilan bog‘liq.

Qoʻllanilish davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomgacha bo‘lgan davrdagi muhabbat lirikasidayoq ikkita yo‘nalish – badaviy va saroy yo‘nalishlari ko‘zga tashlana boshlagan. Badaviy shoirlarning lirikasi oshkora ehtirosli bo‘lgan. Ammo unda hali Vizantiya va Eron madaniyatining ta’siriga uchragan va saroy hayotidagi to‘kin-sochinlikdan «buzilgan» shoirlarda ko‘zga tashlanadigan shahvoniy behayolik yo‘q edi. Qadimgi arab she’riyatida muhabbat mavzuidagi she’rlar juda kam uchraydi. Muhabbat haqidagi satrlar qasida tarkibiga o‘zini hurmat qiladigan hech bir shoir qasidaningning asosiy mazmuniga o‘tishdan avval to‘xtalmay o‘tmaydigan lirik muqaddimaning elementi sifatida kiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ziyavuddinova, Muhlisa. Qadimgi arab she'riyati, Toshkent, 2011 — 16-17 bet.