Kontent qismiga oʻtish

Nasim Mahram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasim Mahram
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Nasim Mahram (arabcha: نسيم محرم — Nasim Mahram — Toʻliq ismi: Xoja Amirsharif Nasim Mahram (XVII asrda yashagan)) — Shoir.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasim Mahram Nasafda tug‘ulib, voyaga yetgan, so‘ngra tahsil uchun Buxoroga borgan. Har tomonlama puxta bilim olib, isteʼdodli shoir sifatida tanilgan, Natijada Abdulazizxon hukmronligi davrida (1645-1680 yillar) saroy xizmatiga olingan. Ammo Subhonqulixon davrida saroyni tark etishga majbur bo‘lib, dastlab Balx shahriga, so‘ngra Hindistonga boradi. Maleho Samarqandiyning „Muzak-kiru-l-ashob“ tazkirasidagi maʼlumotlariga ko‘ra, Uning nazmiy va nasriy asarlari o‘z davrida yuksak baholangan. U „Hind uslubi“ning targ‘ibotchilaridan biri bo‘lgan va bu uslubning O‘rta Osiyoga yoyilishida katta rol' o‘ynagan. Maʼlumki, „Hind uslubi“ murakkab timsollar tizimi, chuqur falsafiy va ijtimoiy fikrlarning nozik ifodasi bilan ajralib turgan. Maleho shoirni „durri yakto“, „javhari bebaho“ deya taʼriflab, shunday yozadi: „Hozirgi paytda (1688-1689 yillar.) u o‘sha yerda (yaʼni, Hindistonda) yashayapti. U tufayli Shohtug‘ro Qalandar nasri, Nosirali Hindi va Qosim Devona g‘azallari Balx, Buxoro va Samarqandda mashhur bo‘ldi. Davrimiz shoirlari va adiblari undan o‘z sheʼrlari va fikrlari uchun rangin timsollar olmoqdalar“.

Uning sheʼriy asarini o‘z ichiga olgan „Devoni Nasim“ majmuasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Qo‘lyozmalar Muzeyida 375/11 raqami ostida saqlanmoqda. U o‘z davrining quvonch va tashvishlarini, sof muhabbat va sadoqatni mahorat bilan kuylagan. Shoirning bir bayti quyidagicha:

Baski tan dodam ba gardi kulfati olam,
Nasim, Chehrai man surati devorro yakrang bud.

Mazmuni: Olam kulfatining changiga tan berganligim uchun, Nasim, yuzim devoriy surat rangiga kirdi.[1]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 473.