Kontent qismiga oʻtish

Nasriddinxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nasriddinbekdan yoʻnaltirildi)

Nasriddinbek, Nasriddin xon (1850, Qoʻqon —1876-yildan soʻng, Toshkent), — Qoʻqon xoni (1875-yil iyul—oktabr). Andijon xokimi (1865— 75). Xudoyorxonning katta oʻgʻli. "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni davrida lashkarboshi Abduraxmon Oftobachi tomonidan yuborilgan lashkar qo'zg'olonchilar tomoniga o'tib ketadi va amaldorlar tomonidan otasiga qarshi uyushtirilgan fitnada qatnashadi. Ilojsiz sharoyitda qolgan Qo'qon xoni tomonidan Nasriddinbek va xon qo'shini yuboriladi va qo'zgolonchilarga qo'shiladi. Keyinchalik, Toshkentga qochib ketgan Xudoyorxon oʻrniga xon qilib koʻtariladi. K.P. Kaufman 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbekni Margʻilonda ogʻir shartlar bitilgan shartnomaga imzo chekishga majbur qiladi. Unga koʻra, N. oʻzini Rossiya general gubernatorining "sodiq quli" deb tan olgan. Sirdaryoning oʻng sohilidagi yerlar Namangan va Chuyet shaharlari bilan birga Rossiya ixtiyoriga oʻtishi va 2 mln. rubl miqdorida kontributsiya (tovon) toʻlanishi lozim boʻlgan. Mazkur bitimdan norozi boʻlgan xalq qoʻzgʻolon koʻtargan va 9-oktabrda qoʻzgʻolonchilar Qoʻqonni egallashgan. Nasriddinbek Xoʻjand orqali Toshkentga kelgan. Nasriddinbek Andijonda muhtasham Madrasa va jome masjidi qurdirgan.

Nasriddinbek beklik davrida Andijonda hashamatli madrasalar, Jomiy masjidi qad rostladi.

  • Mirzaolim Mushrif, Qoʻqon xonligi tarixi, T., 1995; Bobobekov H.N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil