Kontent qismiga oʻtish

Natalya Asanova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Natalya Asanova
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 29-noyabr 1989-yil
Andijon, Oʻzbekiston
Boʻyi 177
Vazni 58
Sport
Qaysi sport yengil atletika

Natalya Vladimirovna Asanova (tugʻ. 29-noyabr 1989-yil, Andijon, Oʻzbekiston) — toʻsiqlar bilan qisqa masofalarga ixtisoslashgan oʻzbek sportchisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. 2006-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori.

Natalya Asanova 2000-yilda murabbiy Vyacheslav Yakubovich rahbarligida yengil atletika bilan shugʻullangan[1].

2006-yildan boshlab u xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok eta boshladi. Makaoda oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 100 metrga toʻsiqlar bilan yugurishda 14,24 soniya natija koʻrsatib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[2].

2009-yilda Guanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 400 metrga toʻsiqlar bilan yugurish boʻyicha 59,37 soniya natija koʻrsatib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].

2010-yilda Guanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 400 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurishda u 57,25 soniya natija koʻrsatib, atigi oltinchi oʻrinni egallagan edi[3].

2011-yilda Kobe (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida toʻsiqlar osha 400 metr masofaga 59,72 soniya natija koʻrsatib, bor-yoʻgʻi sakkizinchi boʻldi[4]. Kuala Lumpurda boʻlib oʻtgan Malayziya chempionatida u toʻsiqlar osha 400 metr masofaga 58,73 soniya natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[5].

2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha yarim finalda 58,05 soniya natija qayd etib, yettinchi oʻrinni egalladi va oldinga bormadi [6] .

2014-yilda Incheon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 400 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurishda 60,42 soniya natija qayd etib, atigi sakkizinchi oʻrinni egallagan edi[7]. Oʻsha yili Guanchjou (Xitoy) shahrida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 400 metr masofaga 56,96 soniya natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi[8].

2016-yilda Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Tojikiston chempionatida u 400 metrga toʻsiqlar bilan yugurishda 56,19 soniya natija koʻrsatib, Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga[9]. XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlarida u saralash bosqichida 400 metrga toʻsiqlar osha yugurib, 1:02,37 daqiqa natija bilan yugurdi va musobaqani tark etdi.

2018-yilda u sport karerasini yakunladi.

  1. 1,0 1,1 „Наталья Асанова“. uzathletics.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  2. „Natalya ASANOVA | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  3. „Women 400m Hurdles Athletics Asian Games 2010 Guangzhou (CHN) - Thursday 25.11“. www.todor66.com. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  4. http://www.jaaf.or.jp/aac19/startlist/liveresult/pc/r_w_400h_f.pdf
  5. „Из Малайзии - с девятью медалями“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  6. UzDaily. „Лондон-2012: Бегунья Наталья Асанова не попала в полуфинал“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  7. „Result | AT | Sports“. web.archive.org (2014-yil 22-dekabr). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  8. „Спортсменка из Узбекистана завоевала «золото» на чемпионате Азии по легкой атлетике“ (ru). Podrobno.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  9. „Еще 4 легкоатлета завоевали олимпийские лицензии в Рио“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.