Kontent qismiga oʻtish

Natasha Regan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Natasha Ketrin Regan — britaniyalik ayol shaxmatchi. Shuningdek, u shaxmat muallifi mukofotiga sazovor boʻlgan, "Game Changer " kitobi bilan mashhur. U ikkita shaxmat olimpiadasida Angliya sharafini himoya qilgan.[1]

Natasha Regan
Toʻliq ismi Natasha Katherine Regan
Mamlakat Angliya bayrogʻi Angliya
Tugʻilishi 12-iyun 1971-yil (1971-06-12) (53 yosh)
London, Angliya
Saravha xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2208 (iyul 2004-yil)

Shuningdek, u Go da ham yaxshi oʻyinchi hisoblanadi. Matthew Cocke bilan hamkorlik qilib, u Britaniya juftliklari boʻyicha 7 marta chempionlikni qoʻlga kiritdi va Yevropa juftliklari boʻyicha chempionatda bronza medaliga loyiq koʻrildi.[2] Natasha 2008-yil va 2012-yilda boʻlib oʻtgan birinchi Jahon aql sporti oʻyinlarida Go oʻyini musobaqasida Buyuk Britaniya shaʼnini himoya qilgan.[3][4] Aql sporti olimpiadasida uning medallari 2018-yilgi Ayollar Pentamidasida qoʻlga kirtgan bitta kumush medaldan iborat.[5]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natasha Kembrij universiteti[6] Kingʻs kollejida matematika boʻyicha tahsil olgan. Uning egizak qizlari va oʻgʻli bor. U oʻgʻli Oskarga matematikadan dars berdi, bu esa uni 2010-yilda matematika boʻyicha GCSE uchun maksimal ball boʻlgan A* bahosini olgan eng yosh matematik boʻlishiga olib sabab boʻldi.[7]

Kembrij universitetida u 1992-yilgi Oksford va Kembrij universitetlari shaxmat uchrashuvida 8-raqamli (ilgari ayollar taxtasi sifatida tanilgan) taxtada oʻynagan birinchi ayol shaxmatchi boʻldi.[8][9] Natasha 1992-yilda Manilladagi 30-shaxmat olimpiadasi va 1994-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan shaxmat olimpiadalarida Angliya nomidan qatnashgan. Natasha 2002-yilda FIDE xalqaro ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.[8] 2019-yil sentabr oyida u Angliya shaxmat federatsiyasi (ECF) kengashiga rais etib saylangan.[10]

Natasha ingliz shaxmati grossmeysteri Metyu Sadler bilan birgalikda ikkita shaxmat kitobiga hammualliflik qilgan. Ularning birinchi hamkorligi "Chess For Life „ ECF yilning eng yaxshi kitobi mukofotini qoʻlga kiritdi.[11] Unda bir nechta taniqli shaxmatchilarning shaxmat faoliyati davomida qoʻllagan uslublari hususida, shuningdek, oʻz oʻyinlarini qanday rivojlantirganligi haqida intervyularidagi fikrlari batafsil bayon etilgan.[12]

Game Changer kitobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natasha Regan oʻzi va GM Metyu Sadlerning ikkinchi hamkorlikdagi Game Changer[13] gʻoyasini oʻylab topdi, u FIDE yilning shaxmat kitobida nominatsiyasida gʻolib boʻldi.[14] Unda DeepMind’ning inqilobiy kompyuter dasturi AlphaZero shaxmat oʻynashidan qanday saboq olish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berilgan.[15]

Kitob raqobatbardosh shaxmatga taʼsir koʻrsatdi. Tata Steel Chess Tournament-2019 turnirida birinchi raqamli shaxmatchi va jahon chempioni Teimur Radjabov bilan durangdan soʻng Magnus Karlsen Game Changer haqida shunday dedi:

“Men kitobni juda ilhomlantiruvchi deb hisoblayman. Oʻyin davomida men bir necha marotaba oʻylayman: AlphaZero bunga qanday yondashgan boʻlardi?[16]

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. British Chess News page about Natasha Regan retrieved 1 December 2020
  2. BGA Pair Go results retrieved 1 December 2020
  3. BGA WMSG team page retrieved 1 December 2020
  4. BGA results summary from WMSG 2012 retrieved 1 December 2020
  5. MSO Results page navigate to player retrieved 1 December 2020
  6. Cambridge University results website retrieved 1 December 2020
  7. https://www.bbc.co.uk/news/uk-england-surrey-11069666 „Seven-year-old maths whizz-kid gains A* in GCSE exam“, BBC, 24 August 2010
  8. 8,0 8,1 „Chess For Life Sadler and Regan » Matthew Sadler“. Matthew Sadler.
  9. „BritBase Chess: 110th Varsity Match, Oxford v Cambridge, 1992“. www.saund.co.uk.
  10. ECF officers webpage, retrieved 1 December 2020
  11. ECF page on award presentation[sayt ishlamaydi] retrieved 1 December 2020
  12. „Awards – Resource“.
  13. ChessBase interview with Natasha Regan and Matthew Sadler, retrieved 1 December 2020
  14. FIDE Averbakh-Boleslavsky Award 2019 webpage retrieved 1 december 2020
  15. Chess Base article on FIDE book of the year 2019 retrieved 1 December 2020
  16. Hans Schut book of the year review and chess.com, retrieved 1 December 2020