Kontent qismiga oʻtish

Navandak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Navandak, Navand — oʻrta asrdagi Chagʻoniyon shaharlaridan biri (5618-asrlar). Baʼzi olimlar fikricha, „N.“ atamasi „nav“ va „xandaq“dan olinib „yangi xandaq“ maʼnosini anglatgan. „N.“ nomi „navand“ („choparlar“) soʻzining kichraytirilgan shakli deb qarashlar ham bor (Sh. Kamoliddinov). 12-asrda Balxdagi mahallalardan va Samarqand darvozalaridan biri „Navand“ deb atalgan. 15-asr oxirida temuriylar davrida N.da zarbxona boʻlgan, bu yerda „Navand“ deb bitilgan mahalliy mis tangachalar chiqarilgan. Surxondaryo viloyatidagi Uzun shahridan 3 km shim.sharqda joylashgan Kofirqalʼa (yoki Novandaktepa) shahar harobasi oʻrnida boʻlgan deb hisoblanadi. Shahar xandaq (keng-ligi 50 m) bilan oʻralgan mustahkam ark, shahriston (450×450 m) va katta raboddan tashkil topgan.

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—nachala XIII vv., T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil