Navbahor Hamidova
Navbahor Nishon qizi Hamidova | |
---|---|
Navbahor Hamidova 2024-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-fevral 2001-yil Samarqand, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Navbahor Nishon qizi Hamidova (2001-yil 7-fevral, Samarqand[1], Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol boskchi, 2024-yilgi Parij olimpiadasi ishtirokchisi[2]. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilgi Mongoliyaning poytaxti Ulan-Batorda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[3].
2021-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Stranja—2021 turniri ishtirokchisi[4].
2021-yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[5].
2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan[6][7].
2023-yil yanvar oyida Tailandda oʻtkazilgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 66 kg vaznda oltin medal sohibi boʻlgan[8].
2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan[9][10].
2024-yil Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan litsenzion turnirda gʻolib boʻlib, Olimpiada ishtirokchisiga aylangan[11][12][13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Navbakhor Khamidova“. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
- ↑ „Parij—2024. Navbahor Hamidova AQSH vakilini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi“ (2024-yil 1-avgust).
- ↑ „O‘zbekistonlik yosh bokschilar Osiyo chempionatida 14 ta medalni qo‘lga kiritdi“ (2019-yil 17-noyabr).
- ↑ „Stranja—2021. Bahodir Jalolov va Bobousmon Boturov finalga chiqdi, Shahobiddin Zoirov esa yutqazib qo‘ydi“ (2021-yil 27-fevral).
- ↑ „Osiyo chempionati—2021 yakunlari. O‘zbekistonlik erkak bokschilar 10 ta, ayollar esa 8 ta medalga ega chiqdi“ (2021-yil 1-iyun).
- ↑ „Boks bo‘yicha OCH—2022. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani bittadan oltin, kumush va bronza medali bilan yakunladi“ (2022-yil 11-noyabr).
- ↑ „Navbahor Hamidova - Osiyo chempioni!“ (2022-yil 11-noyabr).
- ↑ „Boks U22. O‘zbekistonlik qizlar 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi“ (2023-yil 25-yanvar).
- ↑ „Nyu-Deli-2023. Navbahor Hamidovani mag‘lub etgan raqib erkak bo‘lib chiqqani uchun vatandoshimizga bronza medali taqdim etildi“ (2023-yil 26-mart).
- ↑ „Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCH—2023 da jazoirlik bokschi genetik testdan o‘tolmadi. Unga chorak finalda yutqazgan Navbahor Hamidovaga bronza medali topshirildi“ (2023-yil 27-mart).
- ↑ „Navbahor Hamidova Parij Olimpiadasiga yo'l oldi“ (2023-yil 2-iyul).
- ↑ „Навбаҳор Ҳамидова Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинларига йўлланма олди“ (02 iyun 2024).
- ↑ „Parij—2024. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi“ (2024-yil 2-iyul).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Navbahor Hamidova OʻzMOQ saytida
- 7-fevralda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Bokschilar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol bokschilar
- 21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari
- Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari