Kontent qismiga oʻtish

Navhoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navhoz
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Xonqa tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 220803[1]
Avtomobil kodi 90

Navhoz– Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qadimiy qishloqlardan biri. Umumiy maydoni 0.36mig kv km.[2]. NAvxoz qishlogʻida yashovchi aholi 12628 kishini tashkil etadi[3].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navxoz atamasi 1700-yillardan boshlab Ogahiy, Bayoniy, Munis asarlarida uchray boshlaydi. Undan tashqari rossiyalik mualliflarning kundaliklarida batafsil toʻxtalib oʻtilgan. Lekin shunga qaramasdan asosiy malumotlarni XIX-XX asrdagi Xiva xonligi arxiv hujjatlaridan olishimiz mumkin. Olimlar Navxoz soʻzini Avestodan tarjima qilganda „nav“- yangi, „xos“- qishloq degan maʼnoni anglatadi deydilar.[4]. Qishloq Polvon kanali boʻyida joylashgan. Qishloq nomi XVII asrdan boshlab Ogahiy, Muniy, Bayoniy asarlarida tilga olinadi. Toʻliq maʼlumotlarni XIX asrdagi rus mualliflarining kundaliklaridan olishimiz mumkin. Asosiy maʼlumotlarni Xiva xonligi arxiv hujjatlaridan olinadi. Xonlik hujjatlarida Navxos aholisi 15 ta machit-qavmdan tashkil topganligi aytilgan va bularning nomi keltirilgan; Aziz Soʻfi, Yusuf Shayx, Abdulla aka, Saxtiyon saxoba, qoʻshiqchi, Temirchi, Zaxnal xoʻja, Oʻymachi, Choʻlpon xoʻja, Ishkanxos, Mulla Yusuf, Sotboldiboy, ortiqboy, Mahammadnazar machitlari.[5] Hujjatlarda Navxosda 338 ta xoʻjalik boʻlib, ulardan 48 tasi boy, qolganlari oʻrtaxol va kambagʻallarni tashkil etishi yozilgan. Birinchi zavod Sharif Muhammadboyning uyida qurilgan. 1921-yil Xonqa tumani tashkil topganda Navxos eng katta elat edi. 1931-yilda dastlabki MTSlar tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Navxosdan 200 nafar kishi qatnashgan.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda qishloq 3 ta aholi punkidan tashkil topgan. Bular; Ishkanxos, Navxos, Zinaxoslardir.

Ijtimoiy soha obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navxosda A.Navoiy fermerlik xoʻjaligi, adabiyot muzeyi, 4 ta maktab, 1 kollej, 70 dan ziyod savdo majmualari, 3 ta kutubxona va boshqa madaniy-marifiy obyektlar bor. XX asrning boshlarida Sharif Muhammadboyning uyida dastlabki kichik zavod quriladi. Dastlabki MTSlar 1931-yilda barpo etilgan.

1921-yilda Xonqa volosti tashkil etilgach Navxoz uning tarkibiga kiritilgan.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.Masharipov, Q.Quryozov, A.Yoqubov, J.Xasanov, R.Boyjonov, X.Masharipov, J.Jumaniyozov, O.Poʻlatov, M.Quljonov, Juma Surnaychi, Xoji Ortiqov, Qutlimurod Qoʻchaqov, R.Raxmonov, E.Samardar kabi mashxur va atoqli shaxslar bor.

  1. „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  2. Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 25.
  3. Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.
  4. O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI, s. 273.
  5. Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 26.