Naxl
Naxl soʻzi arab tili leksikasi boʻlib, eski oʻzbek tiliga bilvosita oʻtib oʻzlashgan. Eski tojik tilida naxl hozirgi eroniy tillarda :tojik tilida naxl, fors tilida naxl نخل , afgʻon tilida naxl نخل kabi shakllarda qoʻllanib, xurmo daraxti maʼnosini beradi. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida ham naxl tarzida uchraydi:
May dema qushlar qanotingning yelidan boʻlgʻusi, Naxl qadding moyil oʻlmoq har taraf raftor aro. (Gʻaroyib us-sigʻar, 42)
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naxl soʻzining etimoni arab tilidagi نخل asosiga borib bogʻlanadi. Hozirgi arab tilida naxala نخل va naxl نَخْلٌ soʻzlari ekmoq maʼnosini bildiradi. Meva daraxti maʼnosini keltiruvchi نَخْلٌ soʻzi naxala, naxl — ekmoq, ekish soʻzi bilan bevosita bogʻliqdir. Xurmo daraxti tanasidan qalamcha usulidan koʻpaymasligidan, uning faqat danagi ekilib koʻpaytiriladi. Manashu biologik belgisi asosga olinib, ekiladigan daraxt maʼnosidadir.
Qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naxl soʻzi hozirgi oʻzbek tilida va boshqa hozirgi turkiy tillarda qoʻllanmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 66-67-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.