Kontent qismiga oʻtish

Nazo Tokhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nazo Tokhi
Tavalludi 1651-yil
Vafoti 1717 (yoshi 65–66), Hotak Empire
Kandahar
Fuqaroligi Afgʻoniston
Turmush oʻrtogʻi Salim Khan Hotak
Bolalari Mirwais Hotak
Otasi Malakhai Tokhi

Nazo Tokhī asli Nazo Ana nomi bilan tanilgan afgʻon shoiri va yozuvchisi, pushtu tilida ijod qilgan ijodkor[1]. XVIII asr boshlarida Qandahor viloyatidagi nufuzli oilada katta boʻlgan[2]. U afgʻon tarixida mard jangchi ayol hamda „Afgʻon xalqining onasi“ sifatida esda qoladi[3][4].

Nazo Tokhi taxminan 1651-yilda Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi Thazi yaqinidagi Spozhmayiz Gul qishlogʻida kuchli va badavlat pushtun oilasida tugʻilgan. Uning otasi Sultan Malakhai Tokhi pushtun qabilasining taniqli boshligʻi va Ghazni viloyatining gubernatori boʻlgan[5]. U Karamxonning oʻgʻli Salimxon Hotak bilan turmush qurgan[6]. Hotak sulolasining mashhur afgʻon hukmdori Mirvays Hotak uning oʻgʻli, Mahmud Hotak va Husayn Hotak esa uning nabiralari edi[7].

Nazoning otasi uning taʼlim va tarbiyasiga katta eʼtibor berib, Qandahordagi ilmli kishilarni unga har tomonlama taʼlim berishga undagan. U asosan, „Afgʻon xalqining onasi“ sifatida eʼtirof etilib, sheʼriyati va Pashtunvali kodeksini kuchli qoʻllab-quvvatlanishida bosh-qosh boʻlgani tufayli oʻz xalqida hurmat qozondi[8]. Nazo Ghilji va Sadozay qabilalari oʻrtasidagi nizolarni chet ellik Fors Safaviy hukmdorlariga qarshi ittifoq tuzishga undashga chaqirdi. Uning afgʻon madaniyatiga qoʻshgan adabiy xizmatlari bugungi kunda ham yuksak qadrlanadi.

Nazo Ana 1717-yilda, taxminan 66 yoshida, oʻgʻli Mirvays vafotidan ikki yil oʻtib vafot etgan. Oʻlimidan soʻng uning faoliyatini Afgʻoniston amiri Ahmadshoh Durroniyning onasi Zargʻuna Ana oʻz zimmasiga oldi.

Eʼtirof etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazo Tokhi afgʻonlar orasida qahramon ayol sifatida eʼzozlanadi. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida turli afgʻon maktablari va boshqa taʼlim muassasalariga shoiraning nomi berilgan[9][10][11].

  • Tokhi
  • Mayvandlik Malalai
  • Xotak sulolasi
  • Pushtu adabiyoti va sheʼriyati
  1. Anjuman-i Tārīkh-i Afghānistān. Afghanistan, Volumes 20-22. Historical Society of Afghanistan, 1967 — 53-bet. ISBN 0-7787-9335-4. Qaraldi: 2010-yil 22-avgust. 
  2. „Mirwais Neeka“. www.beepworld.de. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  3. „Tribal Law of Pashtunwali and Women's Legislative Authority“. Harvard University (2003). Qaraldi: 2010-yil 30-sentyabr.
  4. Hōtak, Muḥammad. Pat̲a k̲h̲azana. United States: University Press of America, 1997 — 30-bet. ISBN 9780761802655. Qaraldi: 2010-yil 27-sentyabr. 
  5. Anjuman-i Tārīkh-i Afghānistān. The Kingdom of Afghanistan: A Historical Sketch. BiblioBazaar, LLC, 2009 — 36-bet. ISBN 9781115584029. Qaraldi: 2010-yil 22-avgust. 
  6. Hōtak, Muḥammad. Pat̲a k̲h̲azana. United States: University Press of America, 1997 — 30-bet. ISBN 9780761802655. Qaraldi: 2010-yil 27-sentyabr. Hōtak, Muḥammad; ʻAbd al-Ḥayy Ḥabībī; Khushal Habibi (1997). Pat̲a k̲h̲azana. United States: University Press of America. p. 30. ISBN 9780761802655. Retrieved 2010-09-27.
  7. „Nazo Anaa“. Afghanan Dot Net. 2010-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-sentyabr.
  8. „Tribal Law of Pashtunwali and Women's Legislative Authority“. Harvard University (2003). Qaraldi: 2010-yil 30-sentyabr.„Tribal Law of Pashtunwali and Womenʼs Legislative Authority“ (PDF). Harvard University. 2003. Retrieved 2010-09-30.
  9. „Nazo Ana Primary School in Afghanistan“. 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-sentyabr.
  10. „Nazo Ana High School for girls in Kandahar, Afghanistan“. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  11. „Blog – afghanistanwomencouncil.org“. www.afghanistanwomencouncil.org. 2010-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.