Neonatal inqiroz
Neonatal inqiroz — bu prenatal[1] rivojlanishdan postnatal[2] rivojlanishga oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan inqiroz hisoblanadi.
Birinchi marotaba L. S. Vygotskiy tomonidan ajratib olingan va tavsiflangan. Tugʻilish paytida bola onadan jismonan ajralib chiqadi, ammo bir qator sabablarga koʻra biologik ajralmaydi. Bola uzoq vaqt davomida asosiy hayotiy funksiyalarni bajara olmaydi va biologik jihatdan mustaqil boʻlmagan mavjudotdir[3]. Neonatal[4] davrda bolada Intrauterin[5] infektsiya — homiladorlik yoki tugʻish paytida infektsiyalangan onadan bolaga yuqadigan kasallik. Asosiy predispozitsiya qiluvchi omil — surunkali buyrak va tos aʼzolarining kasalliklari. Yangi tugʻilgan davrda bolaning mavjudligi intrauterin rivojlanish va postnatal bolalikning keyingi davrlari oʻrtasida oʻrtacha oʻrinni egallaydi. Bu bogʻlanish, toʻgʻri maʼnoda, rivojlanishning bir turidan ikkinchisiga oʻtish bosqichini ifodalaydi. Bundan tashqari, homilanning intrauterin infektsiyasi toʻqimalar va organlarga jiddiy zarar etkazishi mumkin: oʻpka, jigar yalligʻlanishi, oshqozon-ichak trakti, teri, miya va boshqalar. Shunisi eʼtiborga loyiqki, yangi tugʻilgan bolada kasalliklar kattalarga qaraganda koʻproq namoyon boʻladi.
Asosiy xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fiziologik mexanizmlarni qayta qurish,nafas olish,ovqatlanish,chiqarish,termoregulyatsiya[6].
- Markaziy asab tizimining etarlicha etuk boʻlmagan sharoitida bolaning asab tizimiga juda koʻp sonli qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiri[7].
- Bolaning tugʻma shartsiz reflekslarining cheklangan repertuari.
- Onaning immunitetini yoʻqotish va tashqi omillarga oʻta zaiflik.
Tugʻilgandan keyin bolaga juda koʻp miqdordagi stimullar taʼsir qilganligi sababli, Markaziy asab tizimi juda tez rivojlanadi shu sababdan uyqu va tush holatlarining ustunligini koʻrish mumkin. (Uyqu — himoya reflekisi va hayvon va hasharotlarda kuzatiluvchi, tabiiy fiziologik minimal faollik holatidir).Ushbu xususiyatlar neonatal inqirozning oʻtish davri xususiyati boʻlib, rivojlanish involyutsiyasi paytlarida aniqlanadi. Masalan, hayotning dastlabki ikki haftasida ovqatlanish xatti-harakatlarining shakllanmaganligi sababli vazn yoʻqotish[8]).
Inqiroz rivojlanishining ijtimoiy holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inqiroz rivojlanishining ijtimoiy holati, bir tomondan, bolaning toʻliq nochorligi va uning yaqinlariga qaramligi va boshqa tomondan, tayyor aloqa shakllarining etishmasligi oʻrtasidagi qarama-qarshilik bilan ifodalanadi. Bolaning tugʻma reaksiyalari juda zaif koʻrinishda boʻladi. Uning barcha ehtiyojlari kattalar orqali qondiriladi. Yaqin kattalar bilan boʻlgan muloqotning genezis masalasi hayot va oʻlim masalasidir .
Inqirozning psixologik maʼnosi — shundaki, inson kattalarsiz yashay olmaydi, lekin aloqaga ehtiyoji boʻlmaydi va aloqa vositalari ham yoʻq.
Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri — bolaning aloqaga va tegishli vositalarga boʻlgan ehtiyojini rivojlantirishdir.
Inqirozni hal qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi tugʻilgan chaqaloqning inqirozini hal qilish uchun hayotning birinchi oy oxirlarida sodir boʻladi. Bu jonlantirish kompleksi bilan bogʻliq jarayon hisoblanadi. Ushbu kompleksning paydo boʻlishi bolaning birinchi ijtimoiy ehtiyojinining shakllanishini bildiradii — kattalar bilan muloqot qilish zarurati va bunday muloqotning birinchi shaklidir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Normativ rivojlanish inqirozlari
- Bir yillik inqiroz
- Uch yillik inqiroz
- Yetti yillik inqiroz
- Oʻsmirlik inqirozi
- Choraklik hayot inqirozi
- Oʻrta yosh tushkunligi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prenatal davr“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ „Postnatal davr“ (2023-yil 9-iyun). Qaraldi: 6-aprel 2024-yil.
- ↑ Собрание сочинений: Том 4. Детская психология, 2013. ISBN 978-5-458-36830-8.
- ↑ „Neonatal Davr“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ „Intrauterin“ (O'zbek tili). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ Anatolyevna, Grek Elena „Yangi tug'ilgan chaqaloq inqirozi“ (Rus tili) (2023-yil 31-may). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ „Chaqaloq inqirozi“ (Rus tili) (2023-yil 2-iyul). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ „Chaqaloqda fiziologik vazn yo'qotish“ (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.