Ngan Phan-Koshnitsky
Ngan Phan-Koshnitskiy (Phan Huỳnh Băng Ngân; 1974-yil 24-fevralda tugʻilgan) — Vetnamlik — avstraliyalik shaxmatchi, Xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga ega. Hozirda u Ngan Nadalin nomi bilan tanilgan.
Shaxmat karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fan-Koshnitskiy yosh chogʻlaridadan shaxmat bilan muntazam shugʻulanib kelgan, bu esa kelajakda usta shaxmatchi boʻlib yetishishiga yordam bergan. Dastlabki shaxmatdagi yurishi esa quydagi turnirlarda boshlagan, 1990 va 1992-yillarda ikkita ayollar shaxmat olimpiadalarida Vyetnamni, keyin esa 1996 va 2006-yillarda Avstraliyani beshta olimpiadada himoya qilgan[1].
U Avstraliya ayollar jamoasida juda mashxurlardan boʻlgan. Keyinchalik Ngan toʻrtta ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha mintaqaviy chempionatda Avstraliyani himoya qildi. U 1998-yilda ayollar oʻrtasidagi Avstraliya chempionatida gʻolib chiqdi[2]. Oʻsha yili u Malayziyaning Genting togʻlarida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etib, 6/11 ball toʻpladi[3].
Fan-Koshnitskiy 2001-yil aprel oyida Kvinslendning Oltin sohilida boʻlib oʻtgan Okeaniya ayollar chempionatida gʻolib chiqdi[4][5]. U 2001-yilda Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi va u yerda Almira Skripchenko tomonidan 1-raundda magʻlub boʻldi.
Fan-Koshnitskiy FIDE tomonidan 1995-yilda ayol FIDE ustasi (WFM) va 2001-yilda ayol xalqaro ustasi (WIM) unvonlari bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarning boshida u shaxmat boʻyicha avstraliyalik sobiq chempion Gari Koshnitskiyning oʻgʻli Piter Koshnitskiyga turmushga chiqdi. U 2007-yilda yana turmushga chiqdi va hozir Ngan Nadalin familyasida.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Womenʼs Chess Olympiads: Ngan Phan-Koshnitsky. OlimpBase.
- ↑ Australian Womenʼs champions (Wayback Machine saytida 2018-03-13 sanasida arxivlangan) Australian Chess Federation.
- ↑ Asian Womenʼs Chess Championship 1998 final results and standings from Chess Malaysia
- ↑ Oceania Womenʼs 3.2bZonal. Tournament report. FIDE.
- ↑ Crowther, Mark (2011-04-30). TWIC 338: Oceana Zonal 3.2b. The Week in Chess.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ngan Phan Koshnitsky chess games at 365Chess.com