Kontent qismiga oʻtish

Angliya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ngilandidan yoʻnaltirildi)
Angliya
England
Madhiya: "God Save the King"
Location of Angliya
Poytaxt London
Eng katta shahar London
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Konstitutsiyaviy monarxiya
• Monarx
Charles III
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Umumiy Palata
• Yuqori palata
Lordlar Palatasi
Asos solinishi 927-yil 12-iyul (Angllar, saksonlar va daniyaliklar qirolliklarining birlashtirilishi)
Maydon
• Butun
132,930 km2
Aholi
• 2021-yilgi roʻyxat
56,536,000
• Zichlik 434/km2
• Butun
£1.961 milliard
• Jon boshiga
£34,690
Pul birligi Funt Sterling (GBP; £)
Vaqt mintaqasi UTC+0

Angliya — Buyuk Britaniyaning bir qismi boʻlgan davlat.[1] U gʻarbida Uels bilan, shimolda Shotlandiya bilan, gʻarb va shimoli-gʻarbdagi Irlandiya dengizi orqali Irlandiya bilan, janubda esa Kelt dengizi bilan chegaradosh. Mamlakat Shimoliy Atlantikadagi Buyuk Britaniya orolining tahminan 62% ini egallagan boʻlib, oʻz ichiga Scilly va Uayt kabi 100 dan ortiq kichik orollarini ham oladi.

Bugungi kunda Angliya deb ataluvchi hududda zamonaviy odamlar Soʻnggi Paleolit davridan istiqomat qilib keladi, lekin mamlakat oʻz nomini hududga V-VI asrlarda koʻchib kelgan german qabilalaridan boʻlmish Angllar nomidan olgan. Angliya X asrga kelib birlashgan davlatga aylandi va XV asrda boshlangan kashfiyotlar davridan buyon butun dunyoga sezilarli madaniy va yuridik taʼsir oʻtkazdi.[2] 1535-yildan keyin Uelsni ham oʻz ichiga oluvchi Angliya qirolligi 1707-yilga kelib alohida mustaqil boʻlishni toʻxtatdi va shu yildan boshlab, Shotlandiya qirolligi va Angliya qirolliklari birlashtirilib, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligiga aylantirildi.[3]

Angliya butun dunyo bahramand boʻlayotgan yutuqlardan koʻpchiligining beshigi boʻlib, ular qatoriga Ingliz tili, Ingliz huquq tizimi (koʻplab davlatlar yuridik tizimlarining asosini tashkil qiladi), Futbol oʻyini (dunyodagi eng koʻp tomoshabinga ega sport) hamda Angliya cherkovini keltirish mumkin. Angliyaning parlamentar boshqaruv tizimi koʻpchilik davlatlar tomonidan qabul qilingan.[4] Sanoat toʻntarishi ham aynan XVIII asr Angliyasida sodir boʻlib, natijada mamlakat dunyodagi birinchi sanoatlashgan davlatga aylandi. Angliyada shuningdek inglizzabon dunyoning eng qadimgi ikki universiteti: Oxford universiteti (1096-yilda tashkil etilgan) va Cambridge universiteti (1209-yilda tashkil etilgan) joylashgan. Har ikkala universitet ham dunyodagi eng nufuzli universitetlardandir.

Angliya zamini, ayniqsa markaziy va janubiy qismi asosan past tepaliklar va tekisliklardan iborat. tepaliklar va togʻli hududlar asosan shimolda va gʻarbda, xususan Dartmur, Koʻllar hududi va Shropshir tepaliklari hududlarida joylashgan. Mamlakat poytaxti London boʻlib, London metropoliten hududida 2021-yil hisobi boʻyicha 14.2 million kishi istiqomat qiladi. Angliyaning 56.5 million aholisi Buyuk Britaniya aholisining 84 foizini tashkil qiladi. Aholi asosan London, janubi-sharq, markaz, shimoli-gʻarb, shimoli-sharq va Yorkshir hududlarida toʻplangan va bu hududlarning har biri XIX asrda yirik sanoat markazlari sifatida shakllangan.

  1. KOYAMA, Masato; HAYAKAWA, Yukio (1999). „A Beginner's Guide to "Shiryo" (historical documents) Seismology and Volcanology“. Journal of Geography (Chigaku Zasshi). 108-jild, № 4. 489–494-bet. doi:10.5026/jgeography.108.4_489. ISSN 0022-135X.
  2. Alexander IV (1999-09-16), „496 Naples, 1255 May 16“, Original Papal Documents in England and Wales from the Accession of Pope Innocent III to the Death of Pope Benedict XI (1198–1304), Oxford University Press, qaraldi: 2023-09-29
  3. Ezell, Margaret J. M. (2017-09-21). „Creating 'Great Britain': The Act of Union 1707“. Oxford Scholarship Online. doi:10.1093/oso/9780191849572.003.0020.
  4. „United Kingdom country profile“ (en-GB). BBC News (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.