Kontent qismiga oʻtish

Nicholas Patrick

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nicholas Patrick
Tavalludi 19-noyabr 1964
1964-yil 19-noyabr (57 yosh) Shimoliy Riding, Angliya
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Muhandis
Millati Britaniya / Amerika
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
26 kun 14 soat 52 daqiqa
Tanlash 1998-yil NASA guruhi
Missiyalar STS-116, STS-130
Missiya belgisi

Nicholas Patrick (talaffuzi: Nikolay Patrik 1964-yil 19-noyabrda tugʻilgan) amerikalik muhandis va NASA sobiq astronavti. Patrick 2006-yilda Discovery STS-116 missiyasidagi parvoz qilgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patrick 1964-yilda Angliyaning Yorkshir shimolidagi Soltbern-by-the-Sea shahrida[1] Gillian va Stewart Patrick oilasida tugʻilgan. Patrick London va, New-Yorkning Rye shahrida oʻsib ulgʻaygan. Patrick 1994-yilda Qoʻshma Shtatlar fuqaroligini oldi. Patrick asli Perulik pediatrga uylangan, ularning uch nafar farzandi bor.

Taʼlim va erta martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patrick Cambridgedagi Harrow maktabi va Trinity kollejida tahsil olgan (1986-yilda muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan). Universitet yillarida u Qirollik havo kuchlarining Cambridge universiteti havo otryadi aʼzosi sifatida uchishni oʻrgandi. Cambridgedan soʻng u toʻrt yil davomida AQShning Massachusets shtatidagi Lynn shahrida General Electric kompaniyasining samolyot dvigatellari boʻlimida muhandis boʻlib ishladi.

Keyin Patrick Massachusets Texnologiya Institutiga oʻqishga kirib, mashinasozlik boʻyicha magistr (1990) va PhD (1996) darajalarini oldi. Keyin u Sietldagi Boeing kompaniyasining tijorat samolyotlari guruhiga qoʻshildi.

Kosmik martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]
STS-130

Patrick 1998-yil iyun oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlandi. 1998-yil avgust oyida NASAning Jonson kosmik markaziga (JSC) astronavtlarni tayyorlash uchun yuborildi. Uning dastlabki mashgʻulotlari ilmiy va texnik brifinglar, Shuttle va Xalqaro kosmik stansiya tizimlarida intensiv oʻqitish, T-38 parvoziga tayyorgarlik boʻyicha fiziologik omon qolish va sinfdagi mashgʻulotlardan iborat edi.

Patrick kosmosda 308 soatdan koʻproq vaqtni bosib oʻtdi va STS-116 ekipaji aʼzosi sifatida Xalqaro kosmik stantsiyaga qurilish va logistika boʻyicha missiyani yakunladi. U vaqti-vaqti bilan CAPCOM sifatida xizmat qiladi; masalan, STS-120 uchun Orbit 2 jamoasi bilan ishlagan.

Blue Origin martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patrick Blue Origin kompaniyasiga 2012-yilda qoʻshilgan[2]. Hozirda u Blue Origin kompaniyasida New Shepard parvoz direktori va inson integratsiyasi boʻyicha katta direktor lavozimlarida ishlaydi[3].

  1. „NICHOLAS J. M. PATRICK (PH.D., P.E.), NASA ASTRONAUT (FORMER)“. NASA (2012-yil iyun). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  2. Taylor Soper. „Veteran NASA astronaut Nicholas Patrick joins Blue Origin as human integration architect“. GeekWire (20-noyabr 2012-yil).
  3. Calla Cofield. „Blue Origin Offers Tantalizing Preview of Private Space Trips (Video)“. SPACE.com (22-iyun 2015-yil).