Nicola Adams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nicola Adams (tug'.1982-yil 26-oktabr) — britaniyalik professional bokschi, 51 va 54 kg gacha vazn toifasida, Birlashgan Qirollik terma jamoa aʼzosi. 2012 va 2016-yillarda, ikki karra Yozgi Olimpiada o'yinlari chempioni. 2016-yilda havaskorlar o'rtasida o'tgan musoboqalarda Jahon chempioni, Yevropa va Hamdoʻstlik oʻyinlari gʻolibi. Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda Lidsda tug'ilgan. U birinchi boks uchrashuvini 13-yoshida o'tkazgan. 2003-yilda u birinchi marta havaskorlar o'rtasida Angliya chempioni bo'ldi va ketma-ket uch marta bu nomni himoya qildi. 2007-yilda u Yevropa chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi. 2008-yilda u Jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo'ldi, ammo keyingi yili u zinapoyadan yiqilish natijasida beli jarohat olganligi sabab vaqtincha sport faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi.

2010-yilda Nicola Adams ringga qaytib, yana jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. 2011-yilda u Yevropa chempioni g'olibi bo'ldi. 2012-yilda u yana Jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo'ldi va Londonda bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiada o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi va ayollar boks bo'yicha birinchi Olimpiada chempioni bo'ldi. U har xil yomon odat ya'ni, biseksual bo'lganligi sababli, The Independent gazetasi uni "Buyuk Britaniyadagi eng nufuzli LGBT odami" deb atagan[1].

2014-yilda Nicola Adams Hamdo'stlik o'yinlari chempioni bo'ldi. 2015-yilda u Yevropa o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi.

2017-yil 8-aprel kuni Manchesterda o'zining birinchi professional jangini o'tkazdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Olympic heroes top Pink List of Britain’s power gays»“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.