Kontent qismiga oʻtish

Night Changes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Night changes“
qoʻshigʻi
„Four“ albomidan
Til ingliz
Chiqarilgan sanasi 2014-11-14
Davomiyligi 3:47
Leybl
  • Syco
  • Columbia
Matn muallif(lar)i

"NIght changes" britan-irland guruhi One Direction tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq mualliflari Jamie Scott, Julian Bunetta va John Ryan[1]. U One Directionning boʻlajak „Four“ (17-noyabr) albomidan joy olgan va 2-singl sifatida 2014-yilning 14-noyabrida ommaga taqdim etilgan[2]. Zayn Malik One Directionning aʼzosi sifatida chiqarilgan soʻnggi qoʻshiq. 2023-yilning aprelida Spotify platformasi orqali eshitishlar soni 1 milliardga yetdi va bu natijaga erishgan guruhning ilk musiqasiga aylandi.

Musiqiy video

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 21-noyabrida taqdim etilgan video Ben Winston tomonidan ishlangan. Unda guruhning barcha aʼzolari Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va Niall Horanlar ishtirok etgan[3]. Undan tashqari Liam Paynening oʻsha vaqtdagi sevgilisi Sophia Smith ham ishtirok etadi ammo ekranda yuzini namoyish etmagan. YouTube platformasiga musiqiy video 2014-yilning 21-noyabr sanasida joylangan boʻlib, 2024-yil oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra jami hisobda 851 million koʻrishlar soniga ega.

Video davomiyligida One Directionning barcha 5 aʼzosining uchrashuvdagi holatlari namoyish etilgan. Unga koʻra Zayn restoranda, Liam bogʻda, Louis oʻz avtomobilida, Niall oʻz uyida kamin yonida, Harry esa muz ustida tasvirlangan. Videoning oxirida uchrashuvlarning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topadi.

Dastlab Zayn bilan uchrashuvdagi qizning boshqa sevgilisi kelib qizni olib ketadi va Zaynning ustiga spagetti va suvni toʻkib yuboradi. Liam bogʻda attraksionda uchayotgan vaqtida koʻngil aynishi oqibatidagi voqealar bilan uchrashuv yakunlanadi. Harry muz ustida sevgilisi bilan aylanma harakat amalga oshirmoqchi boʻladi va bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Keyingi epizodda qoʻli singan Harry sevgilisiga qoʻl siltagan holatda paydo boʻladi. Louis oʻzining avtomobilida koʻl boʻyida sevgilisi bilan sayohat qilayotganida politsiya xodimi tomonidan to'xtatiladi. U politsiya xodimini mazah qiladi. Yakunda esa uning politsiya mashinasida olib ketilyotganini koʻrish mumkin. Niall esa sevgilisi bilan uyida Jenga va Monopoliya oʻynaydi. Keyinchalik kamin yonida oʻtirganida uning kiyimiga olov tegadi va yona boshlaydi. U olovni oʻchirish vaqtida sevgilisining kiyimiga suv toʻkilib ketadi. Yakuniy sahnada sevgilisidan uzr soʻrayotgan Niallni koʻrish mumkin[3].

  1. https://www.songfacts.com/facts/one-direction/night-changes
  2. https://www.mtv.com/news/x93xvl/one-direction-songwriter-jamie-scott-night-changes
  3. 3,0 3,1 https://onedirection.fandom.com/wiki/Night_Changes
  4. "One Direction – Night Changes". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  5. "One Direction – Night Changes" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  6. "One Direction – Night Changes" (niderlandcha). Ultratip. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  7. "One Direction – Night Changes" (fransuzcha). Ultratip. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  8. "One Direction Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 30-oktyabr.
  9. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 20153 into search. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  10. "One Direction – Night Changes" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2014-yil 22-noyabr.
  11. "One Direction – Night Changes" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2019-yil 20-fevral.
  12. "Chart Track: Week 51, 2014". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2014-yil 22-noyabr.
  13. "One Direction Chart History (Japan Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.
  14. „One Direction Chart History (Mexico Ingles Airplay)“. Billboard. Qaraldi: November 12, 2021.
  15. "One Direction – Night Changes" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2014-yil 22-noyabr.
  16. "One Direction – Night Changes". Top 40 Singles. Qaraldi: 2015-yil 9-yanvar.
  17. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 20154 into search. Qaraldi: 2015-yil 27-yanvar.
  18. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: insert 20155 into search. Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
  19. "One Direction – Night Changes" Canciones Top 50. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  20. "One Direction – Night Changes". Singles Top 100. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  21. "One Direction – Night Changes". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  22. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  23. "One Direction Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 4-dekabr.
  24. "One Direction Chart History (Adult Contemporary)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  25. "One Direction Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  26. "One Direction Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
  27. „Hot 100: Year End 2015“. Billboard. Qaraldi: 9 December 2015.
  28. „Pop Songs - Year-End 2015“. Billboard. Qaraldi: 22 August 2019.