Nikita Rafalovich
Nikita Igorevich Rafalovich Никита Игоревич Рафалович | |
---|---|
Nikita Rafalovich 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
10-oktyabr 1993-yil Toshkent Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Taekvondo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Kumush | Chelyabinsk 2015 | 74kg gacha |
Kumush | Mudju 2017 | 74kg gacha |
Osio chempionati | ||
Bronza | Toshkent 2014 | 74kg gacha |
Kumush | Manila 2016 | 74kg gacha |
Oltin | Xoshemin 2018 | 74kg gacha |
Oltin | Chxunchxon 2022 | 87kg gacha |
Osio o‘yinlari | ||
Kumush | Incheon 2014 | 74kg gacha |
Oltin | Djakarta 2018 | 80kg gacha |
Nikita Igorevich Rafalovich (1993-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek taekvondochisi (3-dan). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent taekvondosi maktabi ta’limini olgan. 2009-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori sanaladi.
2014-yilgi Osiyo chempionati bronza medali[1] va 2015-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori[2] .
Ochiq Avstraliya (1-o‘rin 2014-yil), Qatar (1-o‘rin, 2015-yil), Koreya (2-o‘rin, 2014-yil) kabi bir qancha xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori.
Shuningdek, Nikita 2018-yilgi Osiyo o'yinlari g‘olibi hamdir[3].
U Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida birinchi bahsdayoq bo‘lajak bronza medali sovrindori tunislik Ussame Ueslatiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi.
2022-yilda Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Nikita Rafalovich 87 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ladi. Finalda u iordaniyalik Faxed Sbeyxi ustidan g‘alaba qozonadi[4].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Чемпионат Азии по тхэквондо 2014 ru.wikipedia.org
- ↑ Никита Рафалович взял «серебро» ЧМ в Челябинске Gazeta.uz 18.05.2015
- ↑ Азиатские игры-2018 — лучшие в истории Узбекистана Gazeta.uz 2.09.2018
- ↑ „Узбекский тхэквондист Никита Рафалович стал чемпионом Азии“ (2022-yil 26-iyun).
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.