Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Kim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikolay Kim
Tavalludi 2 (15) dekabr 1904
Vafoti 20-iyul 1988
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Nikolay Vasilyevich Kim (19041988) — sovet jamoat, davlat va siyosiyat arbobi, Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi sovxoz direktori[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

1904-yilda 2-dekabrda Uzoq Sharqda, Priamur oʻlkasi, Primorsk viloyati, Janubiy Ussuri tumani, Pokrovskiy volostining Sinelnikovo-1 qishlogʻida (hozirgi Oktyabr tumani, Primorsk oʻlkasi) tugʻilgan. 1927-yildan KPSS aʼzosi[2].

1920-yildan jamoat, ijtimoiy va siyosiy ishlarda. 19281929-yillarda Uzoq Sharq oʻlkasining Vladivostok okrugi Pokrovskiy tumani, Sinelnikovo-1 qishlogʻidagi umumiy doʻkon boshligʻi, Budyonniy kolxozining raisi. 1931-yilda Vladivostok shahridagi ikkinchi darajali Uzoq Sharq oʻlkasi sovet partiya maktabini tamomlagan. 1931—1932-yillarda Uzoq Sharqning Primorsk viloyati, Xankayskiy tumani, Kamen-Ribolov qishlogʻida kolxoz raisining oʻrinbosari. 1937—1938-yillarda Oʻzbekiston SSR Xorazm okrugi Gurlan qishlogʻida mashina-traktor stansiyasi (MTS) direktorining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman ijroiya qoʻmitasining va isteʼmolchilar tashkilotining savdo boʻlimi boshligʻi. 1938-yil maydan oktyabrgacha Oʻzbekiston KP (b) Gurlan tuman qoʻmitasi kotibi. 1938—1939-yillarda Xorazm viloyati, Yangi Urganch shahridagi Xorazm viloyat isteʼmolchilar uyushmasi katta instruktori. 1939—1941-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Qoʻshkoʻpir tuman qoʻmitasining ikkinchi kotibi. 1941—1950-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Urganch tuman qoʻmitasining ikkinchi kotibi. 1950—1951-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Yangibozor tuman qoʻmitasining ikkinchi kotibi. 1951—1952-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Xorazm viloyati qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, kotib yordamchisi. 1952—1955-yillarda Oʻzbekiston KP Urganch tumani qoʻmitasining ikkinchi kotibi. 1955—1960-yillarda Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi. 1960—1963-yillarda Xorazm viloyati „Uzselxoztexnika“ birlashmasi raisi[2].

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1973-yil 10-dekabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni taqdirlangan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetiga deputat etib saylangan.

1988-yilda vafot etgan[2].