Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Matvienko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikolay Matvienko
Tavalludi 11-aprel, 1914-yil
Peski qishlogʻi, Loxvitskiy tumani, Poltava viloyati
Vafoti 10-yanvar, 1990-yil
Lermontov shahri, Stavropol oʻlkasi, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari zirhli qoʻshinlar
Xizmatdagi yillari 1936—1956
Jang/urush Sovet-Fin urushi (1939—1940)
Ikkinchi Jahon Urushi
Mukofotlari , , Vatan urushi ordeni (I daraja), Vatan urushi ordeni (II daraja)

Nikolay Efimovich Matvienko (1914-yil — 1990) — Sovet Armiyasi podpolkovnigi, Sovet-fin va Ikkinchi jahon urushlari qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1940).

Nikolay Matvienko 1914-yil 11-aprelda Peski qishlogʻida (hozirgi Ukrainaning Poltava viloyati Loxvitskiy tumani) tugʻilgan. Maktabning yetti sinfini tugatgach, Makeyevkadagi zavodda mexanik boʻlib ishlagan. 1936-yilda Matviyenko Ishchi va Dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. 1939-yilda kichik leytenant kurslarini tugatgan[1].

U Shimoliy-Gʻarbiy frontning 13-armiyasining 80-oʻqotar diviziyasining 307-alohida tank batalonining vzvod komandiri boʻlgan. Sovet-Fin urushidagi janglarda qatnashgan. 1940-yil 3-martda Matvienkoning vzvodi Heinyoki stansiyasi (hozirgi Veshchevo, Vyborgskiy tumani, Leningrad viloyati) hududida chekinayotgan fin qoʻshinlarini taʼqib qilgan va minalangan maydonda oʻtishni amalga oshirgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-apreldagi Farmoni bilan „Finlandiya oq gvardiyachilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va shu bilan birga koʻrsatgan jasorati, qahramonligi uchun“ Sovet Ittifoqi Qahramoni medali, Lenin ordeni bilan taqdirlangan .

Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1948-yilda Ukraina SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi qoshidagi partiya maktabini tamomlagan. 1956-yilda podpolkovnik unvoni bilan Matvienko zaxiraga oʻtkazildi.

Oʻzbekiston SSR Navoiy shahrida yashagan, shahar xalq nazorati qoʻmitasiga rahbarlik qilgan. Nafaqaga chiqqanidan soʻng Stavropol oʻlkasining Lermontov shahriga koʻchib oʻtgan. 1990-yil 10-yanvarda vafot etgan, Lermontovda dafn etilgan[1].

Mukofotlari va xotira

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NIkolay 1- va 2-darajali Vatan urushi ordenlari, bir qator medallar bilan taqdirlangan[1].

Uning nomi Lermontov shahridagi „Beshtau“ stadionidagi koʻcha va mashgʻulot maydonchasiga berilgan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Nikolay Matvienko“ (ru). Герои страны.
  2. „Памятные и знаменательные даты 2020 года“. Комитет Ставропольского края по делам архивов. 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1988. — T. 2 /Lyubov — Yaщuk/. — 863 s. — 100 000 ekz. — ISBN 5-203-00536-2.
  • Za mujestvo i otvagu. Xarkov, 1984.
  • Tadjibaev X. N. Mujestvo. M., 1977.
  • Tvoi osvoboditeli, Donbass! 5-e izd., dop. Donesk, 1976.