Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Mikluxo-Maklay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay [1846.5.(17).7, Rojdestvenskoye selosi, Novgorod viloyati — 1888.2(14).4, Peterburg] — rus sayyohi, antropolog va etnograf.

Yevropa universitetlarida oʻqigan. 1866—67 yillarda Kanar orollari va Marokashga sayohat qilgan. Dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari dengiz hayvonlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Malay arxipelagi, Malakka yarim oroli, Okeaniya orollari va Avstraliyaga qilgan sayohatlarida oʻsha joylarning relyefi, meteorologiyasi, dengizlarini tavsiflagan. Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Tinch okeanidagi orollarda yashovchi tub joy aholisining madaniyati, turmushi, antropologiyasi va etnografiyasini oʻrgangan. Bir necha yil Yangi Gvineya orol sohilida va Avstraliyaning Sidney shahrida yashab ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1886-yil Avstraliyadan Rossiyaga qaytgan.

Mikluxo-Maklay antropologiya va etnografiya tadqiqotlariga asoslanib, inson zotining birligi va odam irqlarining oʻzaro qardosh ekanligi gʻoyasini ilgari surdi. U oʻsha vaqtda Yangi Gvineya aholisi (papuaslar)ning boshqa irqlardan farq qiladi degan qarashni inkor etdi. Mikluxo-Maklayning sayohat kundaligi 1923-yil nashr etilgan. M.-M. nomi 1947-yil Rossiya Fanlar akademiyasi Etnografiya institutiga berilgan.[1]

  • Sobr. soch., t. 1-5, M.-L., 19501954.
  1. "Mikluxo-Maklay Nikolay Nikolayevich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil