Nikolay Xodukin
Nikolay Xodukin | |
---|---|
Tavalludi | 15-iyul 1896-yil |
Vafoti |
22-may 1957-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Nikolay Ivanovich Xodukin (1896-yil 15-iyul, Troitske shahri – 1957-yil 22-may, Toshkent) – sovet parazitolog va epidemiolog olim. SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940). Tibbiyot fanlari doktori (1936), professor (1936)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Ivanovich 1896-yil 15-iyulda Troitske shahrida tavallud topgan. 1919-yil Qozon universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan. 1919–1925-yillarda Qizil Armiyada shifokor boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik Maryam shahrida ishlagan. Xodukin u yerda bezgak stansiyasini tashkil qilgan. 1924-yilda Mirzachulinskiy bezgak stansiyasiga rahbarlik qila boshlagan. Keyinchalik Toshkentdagi bezgak stansiyasini boshqargan. 1925–1940-yillarda Toshkent Vaksina va zardoblar institutining parazitologiya boʻlimi mudiri, 1940–1957-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Uning ilmiy ishlari Oʻzbekistonning oʻlka patologiyasi, bezgak, leyshmanioz kasalliklarini oʻrganishga oid.
1928-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo shifokorlarining III ilmiy kongressida Xodukin va uning hamkasbi B. N. Derevshikovlar „Teri leyshmaniozida intradermal probp“ mavzusida maʼruza qilganlar[2][3].
Xodukin 1933-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyodagi tropik kasalliklarni oʻrganishga bagʻishlangan anjumanda „Oʻrta Osiyoda leyshmanioz va unga qarshi kurash“ mavzusida maʼruza qilgan[4].
1940–1957-yillarda Toshkent ichki kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining fan boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan[5].
Xodukin Oʻrta Osiyoda mikrobiologiya va parazitologiya boʻyicha mutaxassis edi. Bir necha yillar davomida Oʻrta Osiyo universitetining biologiya fakultetida umumiy va xususiy parazitologiya kursidan dars bergan. Uning rahbarligida 10 ta doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yozilgan[6].
Xodukin Oʻzbekistonning tabiiy kasalliklari va mintaqaviy patologiyasini (bezgak, leyshmanioz) oʻrganish boʻyicha 150 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan. Itlarda leyshmanioz boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazgan, ensefalit, flebotomiya isitmasi va rikketsioz kabi virusli infeksiyalarni oʻrgangan.
Nikolay 1957-yil 22-mayda vafot etgan va Botkin qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xodukin ikki marta Lenin ordeni, "Hurmat Belgisi" ordeni va „Sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandan.
1950-yilda visseral leyshmaniozga oid sikli uchun Braziliyaning „Kaspar Vian“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ХОДУКИН Николай Иванович“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
- ↑ „ХОДУКИН Николай Иванович“. 2019-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
- ↑ „ХОДУКИН Николай Иванович“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ходукин, Николай Иванович - Очерк истории Ташкентс“.
- ↑ „Алфавитный каталог НБ МГУ“.
- ↑ „ВЕСТНИК ПОСЛЕДИПЛОМНОГО МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |