Nikolaz Tskitishvili
Shaxsiy maʼlumot | |
---|---|
Tavalludi |
14-aprel 1983-yil Tbilisi |
Boʻyi | 6 ft 12 in (2.13 m) |
Vazni | 244 lb (111 kg) |
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |
Oʻyindagi faoliyati | 1997—hozirgacha |
Pozitsiyasi | Hujumchi |
Faoliyat tarixi | |
1997-1999 | Kolkha |
1999-2001 | KD Slovan |
2002 | Benetton Treviso |
2002-2004 | Denver Nuggets |
2004 | Golden State Warriors |
2005 | Minnesota Timberwolves |
2005 | Phoenix Suns |
2007 | Caja San Fernando |
2007-2008 | Siviglia Wear Teramo |
2008-2009 | Alta Gestión Fuenlabrada |
2009 | Panionios |
2009-2010 | Alta Gestión Fuenlabrada |
2010-2011 | Lagun Aro GBC |
2011-2012 | Mahram Tehran |
2012 | Foolad Mahan Isfahan |
2012-2013 | Champville |
2013-2014 | Al Sharjah |
2014-2015 | Champville |
2015 | Link Tochigi Brex |
2015-2016 | Champville |
2016 | Chemidor Tehran |
2016-2017 | Al Manama |
2017 | Dinamo Tbilisi |
2017-2018 | Byblos Club |
2018 | BC Sukhumi |
2019 | Beirut Club |
2019 | Henan Golden Elephants |
Statistikalar NBA.com saytida | |
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida |
Nikolaz Tskitishvili (gruzincha: ნიკოლოზ ცქიტიშვილი 1983-yil 14-aprel) — Gruziyalik professional basketbolchi. Basketbol boʻyicha Gruziya terma jamoasida oʻynagan. Faoliyati davomida u 12 mamlakatning (Gruziya, Sloveniya, Italiya, AQSH, Ispaniya, Gretsiya, Eron, Livan, BAA, Yaponiya, Bahrayn, Xitoy) 20 dan ortiq jamoalarida oʻynagan.
Professional faolaiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tskitishvili professional faoliyatini Gruziyaning „Suxumi“ klubida boshlagan. Keyinroq Slovakiyaga koʻchib oʻtgan. 2002-yilning yanvar oyidan iyul oyigacha Italiyaning „Benetton“ jamoasida oʻynagan va klub bilan Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan. Nikoloz oʻsha mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, har bir oʻyinda oʻrtacha 6,6 ochko toʻplagan.
NBAdagi dastlabki toʻrt mavsumida basketbolchi har bir oʻyinda oʻrtacha 2,9 ochko va 1,8 ribaund toʻplagan[1]. Nikolazning keyingi mavsumdagi omadsiz oʻyini faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan biri boʻlgan.
Tskitishvilining NBAdagi soʻnggi oʻyini 2006-yil 30-may kuni Gʻarbiy konferentsiya finalining toʻrtinchi oʻyini boʻlgan. Ushbu oʻyinda uning jamoasi „Dallas Mavericks“ jamoasi ustidan 106-86 hisobida gʻalaba qozongan. Tskitishvili bir yarim daqiqa oʻynadi (oʻyinning eng oxirida Leandro Barbosa oʻrniga maydonga tushdi) va hech qanday natija qayd eta olmadi.
ESPN telekanali jurnalisti Bill Simmons Nikolozni „klublar tomonidan tanlangan eng yomon legioner“ deb atagan[2]. ESPN telekanalining yana bir muxbiri Devid Shoenfild esa Tskitishvilini oʻzining „100 ta eng yomon oʻyinchilar“ roʻyxatida 30-oʻringa qoʻygan[3]. Adam Reisinger gruziyalik basketbolchini NBA tarixidagi eng yomon beshinchi tanlov deb atagan[4]. NBAdagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan soʻng Tskitishvili Yevropaga qaytib kelgan. Yevropada u Italiya va Ispaniya klublarida oʻynagan hamda 2012-yilda Eronning „Mahram Tehron“ klubi tarkibida Eron chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u Eronning „Folad Mahan Isfahan“ klubida oʻynagan va dekabrda Livan chempionatiga oʻtgan. 2015-yil 25-sentyabrda Tskitishvili NBAning „Los-Anjeles Klippers“ klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo chempionat boshlanishidan oldin jamoa uning xizmatlaridan bosh tortgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „NBA.com player profile“ (deadlink). NBA.com. 2013-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Welcome to the next decade of discontent“. ESPN.com. 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-may.
- ↑ „The 100 Worst Draft Picks Ever“. ESPN.com. 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
- ↑ „They didn't win the lottery with these picks“. ESPN.com (2008-yil 26-iyun). 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.