Kontent qismiga oʻtish

Nitratlashuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nitratlashuv (lotincha: nitrum — azot va facio — bajaraman), nitrifikatsiya — ammoniy tuzlarining mikrobiologik yoʻl bilan nitratlarga aylanish jarayoni. Nitratlar oʻsimliklarning azot bilan oziqlanishidagi asosiy shakldir. Bu jarayon tuproq va suv havzalarida kechadi. Azotning tabiatda doiraviy aylanishi uchun muhim ahamiyatga ega. N.da ammoniylashuv jarayonida boshlangan azotli organik birikmalarning minerallashuvi nihoyasiga yetadi. N. nitratlashtiruvchi bakteriyalar taʼsirida roʻy beradi. N. jarayoni 2 bosqichdan iborat. N. jarayoni faqat suvda eruvchan organik moddalarning boʻlishiga bogʻliq. N. jarayoniga aeratsiya, tuproqning kimyoviy tarkibi va reaksiyasi (muhi-ti), harorati katta taʼsir koʻrsatadi. Nitrifikatorlarning rivojlanishi uchun tuprok, reaksiyasi rN 5—8 boʻlgani maʼqul. Tuproq nami moʻʼtadil (umumiy suv sigʻimining 40—70% i miq-dorida), muhiti yaxshi (neytral yoki kuchsiz ishqoriy), temperaturasi 28 — 30° boʻlib, shoʻrlanmagan boʻladi. N. jarayoni shunday tez kechadiki, hatto tuproqdagi minerallashgan azotning asosiy qismi nitrat shaklida qoladi. Bunda nitrat kislota oʻsimlikni faqat azot bilan taʼminlab qolmasdan, balki qi-yin eriydigan mineral tuzlar (kalsiy fosfat)ni oson eriydigan holatga oʻtkazishga va oʻzlashtiruvchanligini oshirishga katta taʼsir qiladi. Lekin nitratlar oʻzining yaxshi eruvchanligi tufayli tuproqning pastki qatlamlariga tushib va yuvilib ketadi. Yetarli aeratsiya boʻlmaganda ular yana denitratlashtiruvchi bakteriyalar yordamida molekulyar azotgacha qaytarilishi mumkin, bu esa tuprok, azotining sezilarli darajada yoʻqolishiga olib keladi (qarang Denitrifikatsiya). Jadal N.da azot yoʻqolishini kamaytirish uchun tup-roqqa organik oʻgʻitlar solish kerak.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil