Nodir devonbegi
Nodir Muhammad | |
---|---|
Buxoroning devonbegi | |
Mansab davri 1612 – 1642 | |
Monarx | Imomqulixon |
Hokim Samarqanda | |
Mansab davri 1632 – 1633 | |
Monarx | Imomqulixon |
Oʻtmishdoshi | Yalangtoʻsh Bahodir |
Vorisi | Yalangtoʻsh Bahodir |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1568-yil Buxoro, Buxoro xonligi |
Vafoti |
1644-yil Makka, Usmonli imperiyasi |
Dafn etilgan joyi | Saudiya Arabistoni |
Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi – 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) – buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nodir Muhammad 1568-yil Buxoroda tugʻilgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi – moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni baʼzan Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri sifatida faoliyat olib borgan. Nodir devonbegi oʻzbeklarning Orlot qabilasidan boʻlib, 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi boʻlgan[1].
Binolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1619—1620-yillarda Nodir devonbegi oʻz hisobidan Buxoroda xonaqoh qurdirgan. Roʻparasida Nodir devonbegi madrasasi oʻrin egalladi. Bu tarixiy yodgorliklar Labihouz ansamblining bir parchasidir.
1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasiga aylantirilgan[2].
Nodir devonbegi 1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida katta madrasa qurdirgan. Madrasa qurulishida xonaqoh uchun foydalaniladigan meʼmoriy uslubdan foydalanilgan. Muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Shuningdek, Samarqand masjidi ham qurilgan.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida, yaʼni 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir devonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ziyaev A., „Silsilat as-salatin“ kak istoricheskiy istochnik. T., 1990, s.56
- ↑ http://www.vostlit.info/Texts/rus11/Munschi_Yusuf/framepred.htm Munshi M. Yu. Mukim-xanskaya istoriya – Tashkent: AN UzSSR, 1956
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Burton Audrey.. The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550−1702, Curzon, 1997.
- Istoriya Uzbekskoy SSR / Otv. red. Ya. G. Gulyamov – Tashkent, 1967. – T. 1.
- Istoriya Uzbekistana – 1993. – T. 3.
- Ziyaev A. X. „Silsilat as-salotin“ kak istoricheskiy istochnik. Rukopis dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. – Tashkent, 1990.