Noju
Noju soʻzi eski oʻzbek tiliga firs-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan. Soʻzning etimoni anniq emas. Eski tojik tili yozma manbalarida ham noju soʻzi qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida noju tarzida qoʻllangan: Oʻqlaring paykon bila haryon quruq jismimdadur, Shoxlar uzra koʻngullardekki ul nojuda bor. (Gʻaroyib us-sigʻar , 215)
Fors va afgʻon tilida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi eroniy tillardan fors tilida ناژ naj va ناژو naju qaragʻay (Rubinchik, 2 , 1970, 609) shaklida uchraydi holos. Bu soʻz juda kam isteʼmolda boʻlganligidan eski yozma manbalarda ham qayd etilmagan. Hozirgi tojik, afgʻon tillarida ham noju soʻzi qoʻllanmaydi.
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Noju soʻzi qadimgi fors tiliga sanskrit yoki boshqa tillardan oʻtib qolgan boʻlsa kerak. Oʻzbek tilining Samarqand-Buxoro dialektida qoʻllanuvchi gujum soʻzi noju soʻzi bilan umumiylikka ega boʻlsa kerak.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 151-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.