Kontent qismiga oʻtish

Nomogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nomogenez (yun. nomos — qonun va ... genez) — tirik tabiatning tarixiy rivojlanishini ichki programmalashtirilganligi toʻgʻrisidagi evolyusion konsepsiya. 1922-yil rus fiziologi L. S. Berg tomonidan ilgari surilgan. N. maqsadga muvofiqlik (moslanish)ning obʼyektivligi va nisbiyligini inkor etib, tiriklikning oldindan maqsadga muvofiqligini tan oladi. Olimning fikricha, maqsadga muvofiqlik protoplazma oqsillarining stereokimyoviy xususiyatlariga bogʻliq. Boshqacha qilib aytganda, evolyusiya — oldindan koʻrsatilgan belgilarning rivojlanishidan iborat. Ana shu asosda onto-va filogenez jarayonlari yagona qonu-niyat asosida amalga oshadi, yaʼni evolyusiya N. boʻlib, qonuniyatlar evolyu-siyasidan iborat, degan xulosa chiqa-rilgan. Bundan tashqari, Berg irsiyat geografik muhit taʼsirida bir vaqtning oʻzida juda koʻp individlarda namoyon boʻladigan muayyan qonuniyat asosida borishi va yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisidagi tushunchani ilgari su-radi. Berg koʻrsatishicha, tur hosil boʻlishi keskin sakrash orqali borishi mumkin (qarang Mutatsionizm). U konvergensiya va parallelizm tushunchalaridan foydalanib, taksonlarning polifilik yoʻl bilan kelib chiqqanligini asoslashga urindi. Organik dunyoning xilma-xilligini divergensiya nuktai nazardan tu-shuntiruvchi Darvin taʼlimotiga kara-ma-qarshi ravishda Berg hayotning azaldan xilma-xilligini koʻrsatadi. Ana shu tushunchalar asosida Berg avtonom ortogenez, yaʼni tashqi muhitga bogʻliq boʻlmagan, morfofiziologik tuzilishni mukammallashtirishga qaratilgan, tiriklik uchun xos boʻlgan qandaydir kuch toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surdi. N. ta-rafdorlari darvin taʼlimotini evolyu-siyada tasodiflarni absolyutlashtirish (tixogenez) dan iborat gʻoya sifatida tanqid qilishadi. N. gʻoyalari boshdan oxirigacha darvinizmta qarshi qaratilgan, evolyusiya sabablari va qrnuniyatlarini yangidan tushuntirishga muvaf-faqiyatsiz urinishlardan biri hisoblanadi. Aslida N.da Berggacha ham ilgari surilgan gʻoyalar aks etgan. Bergnint xizmati ana shu gʻoyalarni umumlashti-rib, sistemaga solish bilan birga evolyusion taʼlimotda yechilmagan muammolar-ga, xususan, evolyusion jarayonning yoʻnaltirilganligi masalasiga eʼtiborni jalb qilinganligidan iborat. Hozirgi zamon biologiyada Bergning mazmunan tele-ologik gʻoyasidan bir qancha makroevo-lyusion jarayonlarni antidarvinizm nuqtai nazaridan tushuntirishda baʼzan foydalaniladi (yana qarang Avtogenez, Ortogenez, Teleologiya, Preformizm).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil