Kontent qismiga oʻtish

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

ғNoqonuniy tadbirkorlik - Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188- moddasiga muvofiq jinoyat hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qonuniy tadbirkorlik faoliyati fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi yoki belgilangan tartibda yuridik shaxs tashkil etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ro‘yxatga olish qoidalarini buzgan holda amalga oshirish noqonuniy hisoblanadi[1].

Bundan tashqari, ushbu modda yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga (soliq inspektsiyasiga), ataylab yolgʻon maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni taqdim etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz amalga oshirish uchun javobgarlikka tortiladi.

Fuqarolarga, tashkilotlarga yoki davlatga katta miqdorda zarar yetkazish yoki katta miqdorda daromad olish javobgarlikning boshlanishi sharti hisoblanadi.

Amaldagi tartibga koʻra tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tamonidan „yagona darcha“ tamoyili boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga haqli emas.

Jinoyatning bevosita ob’yekti — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Fakultativ ob’yekti soliq toʻlash, savdo qoidalariga rioya qilish tartibi va hakazolar boʻlishi mumkin.

Obyektiv tamondan jinoyat tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyhatidan oʻtmasdan juda koʻp midordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirishda ifodalanadi.

Sub’yektiv tomondan JKning 188-moddasida nazarda tutilgan jinoyat odatda qasddan sodir etiladi. Yaʼni shaxs oʻzining bu qilmishi ijtimoiy xavfliligini biladi va shunday qilishni xohlaydi.

Jinoyat sodir etishdan maqsad — soliq va boshqa davlat idoralari nazorat qilmaydigan foyda (daromad) olish jinoyat tarkibining zaruriy belgisi hisoblanadi. Jinoyatning motivi, qoida tariqasida gʻaraz boʻladi.

Ushbu jinoyatning sub’yekti oʻn olti yoshga toʻlgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs boʻlishi mumkin[2].

Uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi[3][4].

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran o‘ttiz kunlik muddatda soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi[5].

Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi.

  1. „O'zR Jinoyat kodeksi“. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  2. Mirzayusup Xakimovich Rustambayev. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. (O'zbek (kir)). Yuridik adabiyotlar publish 2021. 
  3. 188-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
  4. 188-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda
  5. 188-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son