Noraztepa koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Olmazor |
Uzunligi | 1.5 km |
Kim sharafiga nomlangan | Noraztepa arxeologik yodgorlik |
Koʻchada joylashgan binolar |
Respublika dori-darmon zahiralarini saqlash ombori 9-shina remont zavodi 10-avtomobillarni taʼmirlash zavodi |
Noraztepa koʻchasi — Olmazor tumanining „Gulzor“ va „Paxta“ mahallalari hududida. Qorasaroy va Keles yoʻli koʻchalari oraligʻida.
2008-yil 6-mayda joyning tarixiy nomi sifatida Noraztepa nomi berilgan. Tarkibida 2 ta tor va 3 ta berk koʻcha bor[1].
Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari, Respublika dori-darmon zahiralarini saqlash ombori, 9-shina remont zavodi, 10-avtomobillarni taʼmirlash zavodi, dorixona, bozorcha, kichik korxonalar, savdo shoxobchalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.