Noraztepa
Qiyofa
Noraztepa — arxeologik yodgorlik, istehkomsiz qishloq (X—XII, XV asr). Toshkent shahrining shimoliy qismida (Chuqursoyda) joylashgan.
1969-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti arxeologik ekspeditsiyasi qazish ishlari oʻtkazgan.
Qishloq balandligi 5 m, eni 80 m lik tepalikdan iborat. Qazishmalar natijasida qishloq X asrda vujudga kelganligi va devor bilan oʻralganligi aniqlandi. XI asrda katta yongʻin boʻlishiga qaramay, XIII asr boshiga qadar unda hayot boʻlgan. Binkat atrofidagi boshqa qishloklar singari Noraztepa ham shahar sav-do yoʻli ustida barpo etilgan va shahar atrofidagi obod yerlardan biri sanalgan. XV asrda qishloq harobalari oʻrnida hayot qisman qayta tiklangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |