Kontent qismiga oʻtish

Teshikkoʻpriktepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Teshikkoʻpriktepa, Eshak koʻpriktepa — 513-asr boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh.ning "Hamza" metrosi styasi yaqinida (Xalklar doʻstligi shohkoʻchasida) joylashgan. T.ni bir necha marta oʻlkashunos D. D. Bukinich (1930-yillar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-yillar), arxeologlar K. A. Shaxurin va Yu.F. Buryakov (1962-yilda), Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich va boshqa, 1968-yil) tekshirgan. T. arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga yetadigan ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining maydoni 500x600 m boʻlgan. Ark xom gʻisht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat boʻlib, alohida xonalarga boʻlingan va kalin tashqi devor bilan oʻralgan. Qalʼa markaziy qismidagi binolar 5—8-asrlarga mansub. Arablar istilosi davrida (8-asr) binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 912-asrlarda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. T. Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri boʻlgan. 13-asr boshida butunlay xarobaga aylangan.