Kontent qismiga oʻtish

Nosni kayfiday kayf

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nosni kayfiday kayfSurxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi Alisher ismli kishining jurnalistga bergan intervyusidan olingan jumla[1].

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi Alisher ismli shaxs jurnalistga koʻpkari oʻyini haqida intervyu bera turib, uning „Koʻpkari xalqqa nima beradi?“ mazmunidagi savoliga „Hech nima bermaydi. Bu bir nosning kayfidek kayf“ deb javob beradi:

Xoʻp, bu koʻpkari ota-bobodan qolgan oʻyin. Bu hech nima bermaydi, bu bir nosning kayfidek kayf; hech nima bermaydi. Mana, Sherobod tumanida Chori qassob buva degan chopagʻonimiz bor. 34 yildan beri ot choptirib, hayla yuribdi mana, hech nimasi yoʻq. Bu bir nosning kayfiday kayf, opa...

— Alisher, [1][2]

Ushbu jumla kishilar hayotidan doimiy oʻrin olgandek koʻrinsa-da, aslida katta ahamiyatga ega boʻlmagan ishlarga nisbatan ishlatila boshlandi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „“1000 so‘mdan, akajonlar…”, “Ko‘rsating Sherbekligingizni”, “Nosni kayfiday kayf” – Internetdagi trend iboralar sharhi (2-qism)“. oyina.uz (2023-yil 9-iyun). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
  2. „Носни кайфи бу“. YouTube (2023-yil 24-mart). 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.