Kontent qismiga oʻtish

Noyabr inqilobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Noyabr inqilobi
Noyabr revolyutsiyasi

Sanalar 4-noyabr 1918 — 11-avgust 1919
Urush yeri Germaniya
Natija Hukumat gʻalabasi;
Veymar Respublikasining eʼlon qilinishi
Raqiblar
Kommunistik partiya German Imperiyasi

Veymar Respublikasi

Qoʻmondonlar
Roza Lyuksemburg
Kurt Eysner
Karl Radek
Karl Libknext
Ernst Toller
Gustav Landauer
Yevgeniy Levine
Paul Levi
Erix Lyudendorf

Noyabr Revolyutsiyasi, (nemischa: Novemberrevolution ) – Germaniyaning Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchrashi darakchilari boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy tanglik sababli German Imperiyasida 1918-yil noyabrda roʻy bergan revolyutsiya. Revolyutisiya Germaniyada Veymar Respublikasi nomi ostidagi parlament demokratiyasi vujudga kelishiga sabab boʻldi.

Karl Libknextning Berlindagi chiqishi. 1918-yil dekabr.

Revolyutsiya Vilgelmsxafen va Kilda boshlanib, bir necha kun ichida butun Germaniyaga tarqalgan matroslar qoʻzgʻolonidan boshlangan. 1918-yil 9-noyabrda kayzer Vilgelm II urush harakatlarini davom ettirishni jinnilik deb hisoblagan harbiy shtab boshligʻi Vilgelm Gryoner bosimi ostida davlatdan qochib ketadi (Vilgelm II 28-noyabr Niderlaniyada taxtdan rasmiy ravishda voz kechadi). 1918-yil 9-noyabrda Germaniya respublika deb eʼlon qilinadi. Hukumat tepasiga sotsial-demokratik partiya (GSDP) keladi[1].

Roza Lyuksemburg va Karl Libknext qoʻl ostidagi kommunistlar revolyutsiyaning davom ettirilishi va Germaniyada sovet hukumati eʼlon qilinishi maqsadida sotsial-demokratlarga qarshi 1919-yil yanvarda qoʻzgʻolon koʻtarishadi. Haqiqiy fuqarolik urushining xavfi paydo boʻladi. Qoʻzgʻolon Gustav Noske qoʻl ostidagi Fraykor harbiy otryadlari tomonidan bostirilib, Libknext va Lyuksemburg sudsiz oʻldirilishadi.

Bavariyada xuddi oʻsha fraykor otryadlari tomonidan yoʻq qilingan Ernst Toller boshchiligidagi Bavariya Sovet Respublikasi vujudga keladi.

Urush rasmiy ravishda 1919-yil 11-avgustda respublika prezidenti Ebert Veymar konstitutsiyasini imzolagandan soʻng tugaydi.

Urushdagi magʻlubiyat va qoʻzgʻolon

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Reyxstagda non tarqatilishi, 1918-yil noyabr.

1918-yilda kelib Germaniyaning urushda magʻlub boʻlishi aniq boʻlib qoldi. Magʻlubiyatning asosiy sabablari esa dushmanlarda askarlar sonining ikki barobar koʻpligi (1917-yil AQSH urushga qoʻshilganligi sababli), qurollar soni boʻyicha dushman ustunligi va olmon askarining yaxshi ovqatlana olmasligi edi. Davlat ichida ochlik keng ravishda tarqaladi. Bu narsa armiyaga ham tegishli edi.

1918-yil kuzida nemis oliy qoʻmondonligi yaxshiroq sulh natijalariga erishish uchun nemis flotini britan flotiga qarshi joʻnatishga qaror qiladi. Bu esa askarlarini aniq oʻlimga joʻnatish bilan teng edi. Matroslarga ularni harbiy tayyorgarlikga joʻnatilishayotganligi haqida aytilganiga qaramasdan, matroslar orasida ularni aldashganligi toʻgʻrisida habarlar tarqaladi[2].

  1. Manfred Scharrer (verdi): Das patriotische Bekenntnis
  2. Schulze, Weimar. Germany 1917-1933, p. 158