Kontent qismiga oʻtish

Weimar Respublikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Veymar Respublikasidan yoʻnaltirildi)
Olmoniya tarixi
* Olmon qabilalari
* Buyuk Koʻchish
* Muqaddas Rim imperiyasi
* Olmon ittifoqi
* Shimoliy Olmon Ittifoqi
* Olmon Imperiyasi
* Veymar Respublikasi
* Uchinchi Reyx
* GDR
* GFR (1990 gacha)
* Birlashgan Olmoniya

Veymar respublikasinemis davlatining tarixiy nomi. Veymar shahrida boʻlgan konstitutsiyaviy Milliy yigʻin sharafiga shunday nomlangan.

Oʻz faoliyatining ilk yillari uning siyosiy mavjudligini sotsial-demokratlar, Germaniya demokratik partiyasi va Markaz partiyalaridan iborat parlament koʻpchiligi belgilab turgan. GSDP oʻzining avvalgi inqilobiy gʻoyalaridan voz kechgan. Demokratiya hukm surgan. Davlat qurilishini sotsializm yoʻnalishiga oʻtkazishga boʻlgan harakatlar bostirilgan. Shaxsiy mulk dahlsizligini saqlab qolgan.

Biroq 1920 yillarga kelib, respublika bazasi oddiy xalq orasida obroʻsi qanchalik moʻrt ekanligi koʻrinib qoldi. Iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya, Rurning okkupatsiya qilinishi va 1923 yildagi kommunistik davlat toʻntarishlari Veymar respublikasida demokratlar ozchilikni tashkil etishini koʻrsatib qoʻydi.

1925 yildagi Lokarna bitimlari yakunari va 1926 yilda Millatlar Ligasiga kirish, magʻlub Germaniyaga xalqaro maydondagi siyosiy tenghuquqligini taʼminladi. Bu bilan shuni tushuntirish mumkinmi, aholi oʻsha yillarni «oltin yigirmanchi yillar» sifatida qabul qildi. Lekin respublikaning gullagan davri uzoq davom etmadi, 1929 yilda boshlangan yangi iqtisodiy inqiroz bilan respublikaning inqirozi ham boshlandi.