Nozimaxonim koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Olmazor |
Uzunligi | 1 km |
Kim sharafiga nomlangan | Nozimaxonim |
Koʻchada joylashgan binolar |
Markaziy tibbiyot davlat arxivi 249-maktab 277-bogʻcha |
Nozimaxonim koʻchasi — Olmazor tumanining Beruniy mahallasi hududida. Uzunligi 1 km atrofida.
XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. 1960-yil 24-fevraldan shoira Nozimaxonim nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida Markaziy tibbiyot davlat arxivi, mahalla guzari, 249-maktab, 277-bogʻcha, shaxsiy uyjoylar va savdo shoxobchalari joylashgan. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Qamarniso va Vali Jumaev tor koʻchalari bilan tutashgan. Yaqinida Shifokorlar shaharchasi, Politexnika, Tibbiyot kasb-hunar kollejlari, Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, talabalar turar joyi, „Qamarniso“ toʻyxonasi joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.