Kontent qismiga oʻtish

Nupedia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nupedia

Nupedia sahifasidan skrinshot
Joriy holati 2003-yil sentyabr oyida faoliyatini toʻxtatgan. Uning oʻrniga Wikipediya rivojlantirilgan
Slogani inglizcha: the open content encyclopedia
inglizcha: the free encyclopedia
Tijoratmi Yoʻq
Sayt turi Onlayn ensiklopediya
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda Ingliz tili
Nemis tili
Ispan tili
Fransuz tili
Italyan tili
Muassisi Bomis (rasmiy shaklda)
Muallifi Jimmy Wales
Larry Sanger
Ochilgan sanasi 9-mart 2000
URL nupedia.com

Nupedia — ingliz tilida yaratilgan onlayn ensiklopediya. Nupedia maqolalari mavzu boʻyicha tegishli tajribaga ega boʻlgan koʻngilli tadqiqotchilar tomonidan yozib toʻldirilgan. Nupediada maqolalar nashr etilishidan oldin ekspert muharrirlar tomonidan koʻrib chiqiladi va bepul kontent sifatida litsenziyalanadi. Nupediaga Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Nupedia 1999-yil oktyabr oyidan[1][2] 2003-yil sentyabr oyigacha ishlagan. Bugungi kunda Nupedia Vikipediyaning salafi sifatida tanilgan. Ammo Nupedia wiki asosidagi yangilanishlardan farqli, maqolalarni joylashtirishdan oldin joylashtirilayotgan maqolalarni nazorat qilish uchun yetti bosqichli tasdiqlash jarayoniga ega edi. Nupedia qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ekspertlar qoidalarni oldindan belgilab qoʻyishgan edi. Shuning uchun dastlabki yili Nupediaga atigi 21 ta maqola joylangan edi. Vikipediyada esa dastlabki oyda 200 ta maqola, birinchi yili esa 18 000 ta maqola joylashtirilgan[3].

Vikipediyadan farqli oʻlaroq, Nupedia wiki emas edi. Buning oʻrniga Nupedia oʻz maqolalarini professional ensiklopediyalar bilan taqqoslanadigan darajada sifatli qilish uchun moʻljallangan keng qamrovli ekspertiza jarayoni bilan ajralib turardi. Nupedia olimlarni koʻngillilar tarkibiga jalb qilishni xohlagan[4]. Nupedia oʻz faoliyatini toʻxtatishidan oldin 24 ta maqola chop etish uchun tasdiqlangan edi. Shuningdek, yana 150 ta maqola koʻrib chiqish, tekshirish jarayonida boʻlgan[5][6][7][8]. Nupedia faoliyatini toʻxtatgandan soʻng, Wales yangi Vikipediyada maqolalarni joylashtirish oson boʻlishini xohladi. Sanger esa Nupedia[3] tomonidan qoʻllaniladigan tamoyillarni afzal koʻrdi va keyinchalik 2006-yilda Vikipediyaga ekspert tomonidan koʻrib chiqilgan alternativa sifatida „Citizendium“ga asos soldi[9].

2008-yil iyun oyida CNET Nupediani Internet tarixida eng kam foydalanilgan web saytlar roʻyxatiga kiritdi va Nupediaga maqola joylashtirishdagi juda qattiq nazorat va tekshiruvlarni taʼkidladi[10].

Nupedia tomonidan ishlatiladigan logotiplar. Birinchi logotip 2000-yilning martidan avgustigacha, ikkinchisi 2000-yil avgustidan 2001-yil fevraligacha, uchinchisi 2001-yil fevralidan 2003-yil sentyabrigacha ishlatilgan.

1999-yil oktyabr oyida[11] Jimmy Wales koʻngillilar tomonidan tashkil etiladigan onlayn ensiklopediya haqida oʻylay boshladi va uni tashkil qilishga kirishdi. 2000-yil yanvar oyida onlayn ensiklopediyaning rivojlanishini nazorat qilish uchun Larry Sangerni yolladi[2]. Jimmy Walesning yangi loyihasi 2000-yil 9-martda rasman internetga kirdi[12]. Yang loyiha doirasida 2000-yilning noyabr oyiga kelib, faqat ikkita sifatli maqola chop etildi[13].

Loyiha boshidanoq Nupedia bepul kontent ensiklopediyasi hisoblangan[12]. Bomis kompaniyasi Nupedia.com saytidagi onlayn reklamalardan daromad olishni maqsad qilgan edi[13]. Dastlab loyiha mahalliy litsenziya „Nupedia Open Content License“dan foydalangan. 2001-yil yanvar oyida Richard Stallman va „Free Software Foundation“ taklifi bilan Nupedia „GNU Free Documentation License“ga oʻtdi[14]. Shuningdek, 2001-yilning yanvar oyida Nupedia Vikipediyani qoʻshimcha loyiha sifatida boshladi, bu esa oʻzaro koʻrib chiqish jarayoniga kirishdan oldin maqolalar ustida hamkorlik qilish imkonini beradi[15]. Keyinchalik, Vikipediya rivojlanib, koʻproq ishtirokchilarni oʻziga jalb qila boshladi va Nupediadan mustaqil ishlay boshladi. Sanger dastlab Nupedia bosh muharriri sifatidagi lavozimi tufayli Vikipediyani boshqargan.

GNE loyihasining toʻxtatilishi natijasida Vikipediya va Nupediya loyihalari ham asta-sekinlik bilan toʻxtatildi. Oʻsha paytda internet iqtisodiyotining qulashi tufayli Jimmy Wales 2001-yil dekabr oyida dasturda qatnashayotgan muharrirlarni moliyalashtirishni toʻxtatishga qaror qildi[2]. Buning natijasida Sanger koʻp oʻtmay ikkala loyihadan ham ketdi[16]. Sanger ketganidan soʻng, Nupedia butkul harakatsiz loyihaga aylanib qoldi. Nupedia harakatsizlikka aylanganligi sababli, uni tasdiqlangan Vikipediya maqolalarining barqaror versiyasiga aylantirish gʻoyasi vaqti-vaqti bilan ilgari surildi, lekin bu ish hech qachon amalga oshirilmadi. Nupedia serveri keyinchalik 2003-yil sentyabr oyida ishdan chiqdi[17][18].Shundan soʻng, Nupedia ensiklopedik mazmuni Vikipediyaga assimilyatsiya qilingan[19].

Tahririyat jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
klassik musiqa davriga oid Nupedia maqolasiga misol.

Nupedia yetti bosqichli tahrirlash jarayoniga ega boʻlgan. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Topshiriq
  2. Yetakchi sharhlovchini topish
  3. Yetakchi koʻrib chiqish
  4. Ochiq sharh
  5. Nusxa koʻchirish boʻyicha yetakchi
  6. Nusxa tahrirlashni ochish
  7. Yakuniy tasdiqlash va belgilash

Nupedia loyihasida mualliflardan ekspert bilimiga ega boʻlishi talab qilingan (garchi ekspert taʼrifi maʼlum darajada moslashuvchanlikni taʼminlagan boʻlsa-da. Baʼzi maqolalarni oʻz-oʻzidan mutaxassis emas, yaxshi yozuvchi kishilar yozishi mumkinligi eʼtirof etilgan edi)[20]. Tahrirchilar tomonidan maʼqullangan maqolalargina nashrga berilgan. Maqolalarni Nupediada nashr qilish uchun mualliflar „oʻz sohalarida haqiqiy mutaxassislar boʻlishlari va (bir nechta istisnolardan tashqari) fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlishlari“ talab qilingan[21].

  1. „Nupedia.com WHOIS, DNS, & DomainTools“. WHOIS (2016). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 Poe. „The Hive“. The Atlantic (2006-yil sentyabr). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Sanger, Larry. „The Early History of Nupedia and Wikipedia: A Memoir“. Slashdot (2005-yil 18-aprel). 2009-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  4. Lih, Andrew. The Wikipedia Revolution: How a Bunch of Nobodies Created the World's Greatest Encyclopedia. London: Aurum, 2009 — 38-bet. ISBN 9781845134730. OCLC 280430641. „His academic roots compelled Sanger to insist on one rigid requirement for his editors: a pedigree. "We wish editors to be true experts in their fields and (with a few exceptions) possess Ph.Ds." read the Nupedia policy.“ 
  5. Craig 2013, p. 84
  6. Ayers 2008
  7. Myers 2006, p. 163
  8. „When Wikipedia was young: the early years“ (en-US). VatorNews (2017-yil 13-iyun). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
  9. „Wikipedia founder forks Wikipedia“ (en). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  10. Lanxon. „The greatest defunct Web sites and dotcom disasters“. CNET UK (2008-yil 5-iyun). 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  11. „NuPedia.com WHOIS, DNS, & Domain Info - DomainTools“. WHOIS. 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  12. 12,0 12,1 Gouthro, Liane. „Building the world's biggest encyclopedia“. PC World (2000-yil 10-mart). 2009-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-yanvar.
  13. 13,0 13,1 Frauenfelder, Mark. „The next generation of online encyclopedias“. The Industry Standard/CNN (2000-yil 21-noyabr). 2004-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  14. jwales. „Re:GNUPedia = Nupedia?“. GNUPedia Project Starting. Slashdot (2001-yil 17-yanvar). 2013-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-may.
  15. Larry Sanger. „Let's make a wiki“. Nupedia-l mailing list. Internet Archive (2001-yil 10-yanvar). 2003-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Sanger. „My Resignation“. Wikipedia-L. Bomis, Inc. 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  17. „1 Nazis and Norms“. reagle.org. 2020-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  18. Reagle.
  19. Waters 2010, pp. 179-180
  20. „Nupedia.com Editorial Policy Guidelines (Version 3.31)“. Nupedia (2000-yil 16-noyabr). — „The rule of thumb an editor should bear in mind is: would an article on this topic be of significantly greater quality if it were written by an expert on the subject? If yes, we will require that the writer be an expert on the subject. If no, nonspecialists (who are good writers) are more than welcome.“. 2001-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyun.
  21. „How to be an editor or peer reviewer for Nupedia“. Nupedia. 2001-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyun.