Kontent qismiga oʻtish

Nuriston (shaharcha)

Koordinatalari: 38°29′21″N 65°38′47″E / 38.48917°N 65.64639°E / 38.48917; 65.64639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nuriston
shaharcha
38°29′21″N 65°38′47″E / 38.48917°N 65.64639°E / 38.48917; 65.64639
Mamlakat Oʻzbekiston
Asos solingan 1992-yil
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2003)
10,5 ming
Milliy tarkib Oʻzbeklar, qoraqolpoqlar, ruslar, tojiklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Etnoxoronim nuristonliklar
Vaqt mintaqasi UTCUTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 181111
Avtomobil kodi 70
Nuriston xaritada
Nuriston
Nuriston

Nuriston – Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Jayron (6 km). Viloyat markazi (Qarshi shahri)gacha 50 km. Aholisi 10,5 ming kishi (2003). Jami 35 millat vakillari yashaydi. Qarshi magistral kanalidan suv oladi. Maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, suv tozalash inshooti, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 1768 oʻrinli umumiy taʼlim maktabi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi, kasalxona, dorixona bor[1]. Shaharchada 3 ta mahalla mavjud boʻlib, bular „Nuriston“, „Nurchi“, „Kimyogar“ mahallari.

Shaharchada 3 ta ummumiy oʻrta taʼlim maktabi, 1 ta kollej, 1 ta nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 4 ta davlat matabgacha taʼlim tashkiloti mavjud. Jumalada, 20, 35, 38 umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Nishon energetika kolleji, Beruniy school nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi.


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil