Nurobod QES
Nurobod QES | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joylashuvi | Samarqand viloyati, Nurobod tumani |
Egasi | Total Eren ( Fransiya) |
Maqomi | amalda |
Agregatlar ishga tushgan yillar | 2022-yil 24-may |
Asosiy tavsifi | |
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi | 260 mln kVt*soat |
Elektr quvvati, MVt | 100 |
Xarita | |
Nurobod quyosh elektr stansiyasi (Nurobod Quyosh elektr stansiya, Nurobod QFS, Nurobod FES) – Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylashgan quyosh fotoelektr stansiyasi. Oʻzbekistondagi ikkinchi quyosh fotoelektr stansiyasi[1].
Oʻrnatilgan elektr quvvati – 100 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 260 mln kVt*soat[1]. Elektr stansiya ishlashi natijasida 78 mln kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 100 ming tonna bugʻlanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi[1].
Nurobod Quyosh elektr stansiya Fransiyaning Total Eren kompaniyasi tomonidan qurilgan va ushbu kompaniya tomonidan boshqariladi[1].
Texnik tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektr stansiyasi yiliga 80 mingdan ortiq xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondira oladi[1].
Loyiha qiymati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyiha qiymati 100 mln dollar[1]. Ushbu xorijiy sarmoya Total Eren kompaniyasi tomonidan kiritilgan[2].
Nurobodda quyosh elektr stansiyasi qurilishida 400 kishi ishlagan, ekspluatatsiya jarayonida 25 ta ish oʻrni yaratilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 5-oktyabrda prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tashrifi chogʻida Total Eren kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatishga oid hamkorlik bitimi imzolangan edi[3].
2019-yil 16-aprel kuni „Tutly Solar“ MChJ 19,27 mlrd soʻm ustav kapital bilan roʻyxatdan oʻtkazildi. „Total Eren S. A.“ taʼsischiligidagi korxonaning yuridik manzili Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shoh koʻchasi 75-uyda joylashgan[4].
2019-yil 13-sentyabrda „Tutly Solar“ MChJ Energetika vazirligi (Oʻzbekiston hukumati nomidan) bilan „Investitsiya bitimi“ hamda „Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ AJ bilan muddati 25 yil boʻlgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan[3].
2022-yil 24-may kuni Nurobod Quyosh elektr stansiyaning ilk generatsiya quvvati respublika yagona tizimiga ulandi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi“. Toshkent: Spot.uz. Spot.uz (2022-yil 24-may). Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „ЭНЕРГЕТИКА ВАЗИРЛИГИ: САМАРҚАНД ВИЛОЯТИДА ЙИРИК ҚУЁШ ФОТОЭЛЕКТР СТАНЦИЯСИ ИШГА ТУШИРИЛДИ“. minenergy.uz. Toshkent: O'zbekiston Energetika vazirligi (2022-yil 24-may). Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „“SAMARQAND VILOYATIDA QUVVATI 100 MVT BO‘LGAN FOTOELEKTRIK STANSIYANI QURISH” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI PREZIDENT QARORI“. lex.uz. Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"TUTLY SOLAR" mas`uliyati cheklangan jamiyati“. orginfo.uz. Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.