Nurota oʻlmasoʻti
Nurota oʻlmasoʻti | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Helichrysum |
Oila: | Murakkabguldoshlar |
Binar nomi | |
Helichrysum nuratavicum |
Nurota oʻlmasoʻti (lotincha: Helichrysum nuratavicum) – murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Samarqand va Jizzax viloyati hududida, Nurota tog‘ tizmasida tarqalgan. Shag‘alli tuproqda o‘sishga moslashgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 10-20 sm ga yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Sirti nashtarsimon tuklar bilan qoplangan. Mevasiz poyalari chim hosil qiladi. Poyalari tik yoki yonboshlab oʻsadi. Barglari bandsiz, ketma ket joylashgan, shakli qalami, uzunligi 1,5—2 sm, eni 2 mm. Gullari savatcha yoki qoʻngʻiroqsimon to‘pgulda yigʻilgan. Oʻrama bargchalari 5—8 qator, tigʻiz, ketma ket oʻrnashgan, tashqi qavatlari bargchalari qalin tuk bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli urug‘chibarg va changchi bitta o‘simlikda yetiladi. Gultojibarglari sariq rangda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab, mevasi iyul-avgustda pishib yetiladi. Urug‘i orqali jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyrak holda uchraydi, yakka yakka va kichik guruhlar hosil qilib oʻsadi. Samarqand va Jizzax viloyatlari, Nurota tog‘ tizmasida tarqalgan. Tog‘larning 1200— 2000 m balandlikdagi yonbagʻirlarida toshli shagʻalli tuproqlarda, oʻtli shuvoqzorlarda va gʻalla maydonlarda oʻsadi. Oʻsimliklarni odamlar tomonidan yigʻib olinishi, chorva mollarining koʻplab boqilishi tufayli kamayib ketgan. Tur sonining kamligi va maʼlum tuproq sharoitida oʻsishi ham areali qisqarishiga sabab boʻlgan. Nurota davlat qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Helichrysum nuratavicum“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.