Nyu-York (Ukraina)
Nyu-York ukraincha: Нью-Йорк | |
---|---|
shahar tipidagi posyolka | |
48°18′56″N 37°53′2″E / 48.31556°N 37.88389°E | |
Mamlakat | Ukraina |
Viloyat | Donetsk viloyati |
Tuman | Baxmut tumani |
Jamoat | Toretsk shahar jamoati |
Avvalgi nomlari | Novogordske |
Qachondan beri shahar tipidagi posyolka | 1938 |
Markazi balandligi | 106 m |
Rasmiy til(lar)i | ukraincha |
Aholisi (2022) |
9 735[1] |
Telefon kodi | 6247 |
Pochta indeks(lar)i | 85294 — 85297 |
KOATUU | 1411246500 |
|
Nyu-York (ukraincha: Нью-Йорк; 1951—2021-yillarda Novgorodske, ukraincha: Новгородське deb atalgan) — Ukrainaning Donetsk viloyati, Baxmut tumani, Toretsk shahar jamoatiga qarashli shahar tipidagi posyolka.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyu-York posyolkasiga Yekaterina II taklifi bilan Rossiyaga kelib joylashgan mennonitlar jamoati tomonidan asos solingan. SSSR davrida (1931-yilgacha) mennonitlar Amur viloyatiga surgun qilinib, u yerda ham shu nomdagi qishloqqa asos solishgan.
Posyolka 1951-yilgacha Nyu-York deb atalgan[2][3], hatto Viktor Nekrasovning „V rodnom gorode“ dramasida ham shu nom bilan eslab oʻtilgan. Keyinchalik, posyolkaning nomi Novgorodske deb oʻzgartirilgan. Yaʼni Sovuq urush oqibatida sobiq hamkorlar — SSSR va AQSh munosabatlari buzilguniga qadar posyolkaning nomi oʻzgartirilmagan.
Posyolkada Dzerjinsk fenol zavodi faoliyat yuritadi. Avval Grigoriy Petrovskiy nomidagi Novgorodske mashina zavodi ham boʻlgan (hozirda ishlamaydi, sexlar va boshqa binolar sotilgan; ayrimlarida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, boshqalari konservatsiyalangan; uchta sex qurilish materiali sifatida foydalanish uchun buzilgan).
Posyolkada „Fenolna“ nomli temiryoʻl stansiyasi joylashgan.
2021-yilning 1-iyul kuni Ukraina Verxovna Radasi Novgorodske shahar tipidagi posyolkani Nyu-York deb nomlab, unga tarixiy nomini qaytardi[4].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Aholi soni |
---|---|
1859 | 3 368[sharh 1] |
1885 | 4 037[sharh 2] |
1897 | 4 586[sharh 3] |
1908 | 7 250[sharh 4] |
1939 | 13 051[sharh 5] |
1959 | 12 913[sharh 6] |
1970 | 13 223 |
1979 | 13 064 |
1987 | 13 400 |
1989 | 13 195 |
1992 | 13 200 |
1998 | 12 100 |
2001 | 11 927 |
2009 | 11 040 |
2010 | 11 019 |
2011 | 10 948 |
2012 | 10 892 |
2013 | 10 850 |
2014 | 10 788 |
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Posyolka hududida Fenolna temiryoʻl stansiyasi va „Kostyantinivka—Yasinuvata“ temiryoʻl liniyasining Fenolna stansiyasi joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bogdan Xmelnitskiy haykali
- Fenol zavodi istirohat bogʻi
- Nemis qabristoni
- Ulugʻ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga oʻrnatilgan haykal
- „Ukraina Nyu-Yorki“ tarix va madaniyat markazi[5]
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ sundan, Jeleznoye aholisi — 3 283, Nyu-York aholisi — 85
- ↑ faqat Jeleznoye aholisi
- ↑ faqat Jeleznoye aholisi
- ↑ shundan, Jeleznoye aholisi — 5 757, Nyu-York — 1 493
- ↑ shundan, Novgorodske aholisi (avvalgi Nyu-York) — 4 737, Jeleznoye — 8 314
- ↑ shundan, Novgorodske aholisi — 5 285, Jeleznoye — 7 628
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Источник“. 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Заметка о переименовании.“. sfw.so. 2021-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „Рада переименовала пгт Новгородское Донецкой области в Нью-Йорк“ (ru). Интерфакс-Украина. 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
- ↑ „Посёлок Новгородское Рада переименовала в Нью-Йорк“ (ru). ВЕСТИ (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
- ↑ „Історико-культурний центр "Український Нью-Йорк"“ (ru). www.facebook.com. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.