Oʻpkali mollyuskalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Oʻpkali mollyuskalar – qorinoyoqli mollyuskalar kenja sinfiga mansub. Chigʻanogʻining uzuznligi 0,6-2,0 mm. Ayrim turlari chigʻanogʻi teshigining atrofida tishsimon oʻsimtalari bor; oyogʻi chigʻanoq ichiga tortilganida oʻsimtalar mantiya chetidagi yumshoq toʻqimaga tegib, undan shilimshiq suyuqlikni siqib chiqaradi; suyuqlik havoda qotib, chigʻanoq teshigini bekitadi va mollyuska tanasini qurib qolishdan saqlaydi. Jabralari boʻlmaydi. Mantiya boʻshligʻi yuzasi oʻpka vazifasini bajaradi. Ularning 2 ta turkumi (oʻtroqkoʻzlilar va poyachali koʻzlilar), 100 ga yaqin oilasi, 30000 dan ortiq turi bor. Quruqlikda yashaydi yoki ikkilamchi tarzda suvda yashashga oʻtgʻan. Germafrodit, koʻpchiligi spermatomorf hosil qiladi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Quruqlikda yashovchi oʻpkali mollyuskalar ohak poʻchoq bilan qoplangan tuxumlarini pana joyga, suvdagi yashovchi oʻpkali mollyuskalar maxsus kapsulaga oʻralgan tuxumlarini suv oʻsimliklari va toshlarga yopishtirib qoʻyadi. Ular oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari yirtqich hayot kechiradi. Chuchuk suvda yashovchi turlari baliqlar bilan oziqlanadi, quruqlikdagi oʻpkali mollyuskalar oʻsimlik maysalarini yeb, ziyon keltiradi. Koʻpchilik turlari gelmintozlarni tarqatadi; ayrim oʻpkali mollyuskalar (tok shilliq qurti) isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi, jumladan, quruqlikda yashovchi shilliqlar, suvlarda chuchuk suv shilliqlari tarqalgan. Oʻpkali mollyuskalar- salyangozlar va shilimshiqlarning bir guruhi hisoblanadi gill yoki gillalar oʻrniga pallial oʻpkaga ega boʻlganligi sababli havodan nafas olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Guruhga koʻplab quruqlik va chuchuk suv oilalari va bir nechta dengizda yashovchi oilalari kiradi. 2010-yilda Jörger va boshqalar tomonidan oʻtkazilgan molekulyar tadqiqotda anʼanaviy tarzda aniqlangan oʻpkali mollyuskalar taksoni polifiletik ekanligi aniqlandi[1].
Sezgi organlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sezgi organlari orasida bir (suvda yashovchi vakillari) yoki ikkita (quruqlikda yashovchilarda) juft paypaslagichlari bor. Bundan tashqari, quruqlik vakillarida boshning old qismi teri bilan qoplangan. Boshqa sezgi organlaridan baʼzi shakllarda muvozanat organlari (statokistlar deb ataladi) mavjud va suv omborlarida yashovchilarda qoʻshimcha ravishda osphradium mavjud boʻlib, u kam rivojlangan.
Reproduktiv tizim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻpkali mollyuskalarning reproduktiv apparati alohida murakkablikka erishgan. Jinsiy bez germafrodit (ham sperma, ham tuxum ishlab chiqaradi). Undan choʻzilgan umumiy kanal keyinchalik reproduktiv apparatning erkak va ayol qismlariga boʻlinadi, ularning ikkalasi ham bir qator qoʻshimcha tuzilmalarga ega. Ayollar qismida albumin va qobiq bezlari, urugʻ qoʻshimchalari, baʼzan esa bir qator boshqa bez qoʻshimchalari hosil boʻladi. Tartibning eng yuqori darajada tashkil etilgan vakillarida urugʻ toʻgʻridan-toʻgʻri erkak kopulyatsiya organiga oʻtadi.
Tuxumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻpkali molkuskalarining tuxumlari umumiy pillada yoki boshqa shaklda (chuchuk suv oʻtlari shakllarida) yoki alohida-alohida qoʻyiladi. Har bir tuxum hujayrasi sezilarli darajada ouqaviy moddalar bilan oʻralgan. Rivojlanishi odatda erkin suzuvchi lichinka hosil boʻlmasdan davom etadi va tuxum deyarli shakllangan oʻpkali molkuska shaklida hosil boʻladi.
Harakati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha oʻpkali molyuskalarning oyogʻining old qismida shilimshiqni chiqaradigan juda rivojlangan bez mavjud bu esa osson siljishga yordam beradi. Bu bezlar oyogʻning tag qismini namlaydi namlaydi va terisini shikastlanishdan himoya qiladi, substratning qattiq yuzasida ishqalanishni kamaytiradi.
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻpkali molyuskalarning orasida oʻtxoʻr, hammaxoʻr va yirtqich turlari mavjud. Yirtqich shakllari boshqa oʻpkali molyuskalar bilan (ulardan kichikroq), baʼzilari esa qurtlar bilan oziqlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jörger, Katharina M; Stöger, Isabella; Kano, Yasunori; Fukuda, Hiroshi; Knebelsberger, Thomas; Schrödl, Michael (2010). "On the origin of Acochlidia and other enigmatic euthyneuran gastropods, with implications for the systematics of Heterobranchia". BMC Evolutionary Biology 10 (1): 323. doi:10.1186/1471-2148-10-323. PMID 20973994. PMC 3087543. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3087543.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |