Kontent qismiga oʻtish

Qorinoyoqli mollyuskalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qorinoyoqli mollyuskalar
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Mollyuskalar
Sinf: Qorinoyoqli mollyuskalar

Qorinoyoqli mollyuskalar, shilliqqurtlar — mollyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. chigʻanogining balandligi 0,5 mm dan 70 sm gacha. Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma.xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chigʻanoq ichida buralib joylashgan boʻlib, mantiya bilan oʻralgan. Boshida 1 juft (quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarida 2 juft) paylaslagichlari, ular asosida (quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarida paypaslagichlar uchida) bir juft koʻz va ogʻiz teshigi bor. Chigʻanogʻi xilma-xil: konussimon, spiral yoki kosasimon; ayrim qorinoyoqli mollyuskalar (yalangʻoch shilliqlar) la redukpiyaga uchragan. Ogʻzida 2 ta dan 17–16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirgʻich tilcha) bor. Anal teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik va koʻpchilik chuchuk suv mollyuskalarida – oʻpka. Nerv sistemasi – tarqoq joylashgan nerv tugunlari. Odatda, 5 juft.

Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor. Germafrolitlar ayrim jinsli. Urugʻlanishi ichki, germafrodit qorinoyoqli mollyuskalar bir-birini uruglantiradi. Chuchuk suv va quruqlik qorinoyoqli mollyuskalari oʻzgarishsiz, dengiz qorinoyoqli mollyuskalari metamorfoz orqali rivojlanadi (tuxumdan plankton veliger lichinka chiqadi).

Qorinoyoqli mollyuskalarning 90 000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 100 ga yaqnn turi maʼlum. Bentosla (qarang Bentos) yashaydi; ayrim turlari suzadi. Yirtqich oʻsimlikxoʻr yoki parazit. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xoʻjayini. Quruqlikda yashovchi bir qancha qorinoyoqli mollyuskalar madaniy oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosida ovlanadi.