Oʻrtabuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OʻrtabuloqOʻzbekistonning Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan qishloq. Oʻrtabuloq qishlogʻi bir necha qishloq oʻrtasida joylashgan. Qishloq gʻarbida Burgan, shimolida Jizmonsoy, sharqida Uch qora, janubida Mirdosh va Navandak qishloqlari joylashgan. Oʻrtabuloqda uchta katta sersuv buloqlar bor. Shu sabali qishloq „Oʻrtabuloq“ deb nomlangan. Oʻrtabuloq qishlogʻi Mirdosh va Navandak qishloqlarini suv bilan taʼminlaydi.