Kontent qismiga oʻtish

Oʻsmirlik homiladorligi (Oʻzbekiston)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekistonda oʻsmirlik homiladorligi — 18 yoshga toʻlmagan oʻzbekistonlik qizlar orasida uchrovchi homiladorlik holati. Respublikadagi asosiy muammolardan biri[1][2]. Oʻsmirlik davridagi homiladorlikning asosiy sabablari sifatida erta turmush, jinsiy taʼlim va axloqiy tarbiyaning pastligi, moliyaviy muammolar kabi omillar koʻriladi. Bu borada respublikada asosiy statisika maʼlumotlarining oʻrganilishi, ochiqlanishi va qarshi kurash chora tadbirlari 2017-yildan boshlangan. Oʻsmirlar orasidagi tugʻruq holatlari 2020-yilda 1044 tani tashkil etgan boʻlib, 2019-yilga nisbatan 12,7 foizga kamaygan. Hududlar kesimida erta tugʻruqlarning 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hisobiga toʻgʻri keladi[3].

Erta homiladorlik va tugʻruq holatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erta tugʻruq holatlari eng koʻp kuzatilgan hududlardan biri boʻlmish Samarqand viloyatida 2017-yilning dastlabki 6 oyi oraligʻida 8 tani tashkil etgan (15-16 yosh)[4]. Oʻzbekiston hududida 2018-yilgi 750 ming tugʻruq holatidan 133 tasi, 2019-yilgi 650 ming tugʻruqdan 105 tasi (2020-yil, yanvar) 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmir qizlar orasidagi yuz bergann[5]. Bu koʻrsatgich 2019-yilning yilning sentyabr oyi hisobotlariga koʻra, 50 tani tashkil etgandi[6][7]. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining 2020-yilgi balogʻatga yetgan qizlar orasida dastlabki 6 oy (yanvar-iyun) ichidagi erta tugʻruq holatlari tahliliga koʻra, 13 yoshli qizlar oʻrtasida erta tugʻruq holatlari yuz bermagan. Biroq, 14-17 yoshli oʻsmirlar orasida tugʻruqlar soni 84 tani tashil etgan[8].

Erta tugʻruq holatlari yoshga koʻra[9].
  • 14 yosh (2 nafar)
  • 15 yosh (9 nafar)
  • 16 yosh (23 nafar) 
  • 17 yosh (40 nafar)

2018-yilda erta tugʻruq holatlari 1,5 mingdan ziyod boʻlgan. 2019-yilda esa ushbu koʻrsatkich 1,2 mingtani tashkil etgan. 2020-yilning birinchi choragida 231 ta erta tugʻruq holatlari qayd etilgan[1]. Xalq taʼlimi tizimida tahsil olayotgan har 12 995 nafar qizga 2017-yilda 1 ta tugʻruq (0,0076 foiz), 2018-yilda 15 169 nafar qizga 1 ta tugʻruq (0,0066 foiz), 2019-yilda 23 666 nafar qizga 1 ta tugʻruq toʻgʻri kelgan (0,0042 foiz)[10]. 2020-yilda 88 ta erta nikoh holati, 1044 ta erta tugʻruq holati qayd etilgan. Bu 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq[3].

Qarshi kurash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda 2017-yilda 11 yillik umumtaʼlim tizimiga oʻtilishi sabab erta tugʻruq holatlarining soni kamayishiga erishilgan[11][12]. 2016—2017-yillar davomida 15-17 yoshdagi qizlar oʻrtasida jami 429 tugʻruq holati qayd etilgan. 2018—2019-yillar oraligʻida esa bu koʻrsatkich 34 foizga kamayib, 284 tani tashkil etgan[10][12]. Oʻzbekistonda „Gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish“ doirasida 3-vazifa sifatida Erta nikohlar va zoʻrlab nikohlashni tugatish vazifasi belgilangan[13].

2021-yilning fevral oyida Urgut va Samarqand tumanlari, Samarqand shahrida yashovchi kelinlar oʻrtasida sotsiologik tadqiqot natijalariga koʻra, erta nikoh sabablari — ota-onalar (70 foiz), sevgi-muhabbat (26 foiz), erta homila (3,4 foiz), diniy qarashlar (1,5 foiz) kabilar boʻlgan[3].

Voyaga yetayotgan qizlarga jinsiy tarbiya berilmasligining oqibatida 13, 14, 15, 16 yoshli qizlar orasida tugʻish holatlari qayd etilgan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida erta nikoh oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 23 taga koʻpaygan[14].

Erta homiladorlik holatlari kuzatilgan maktab yoshidagi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan[15]. Ota-onalarning ishsizligi va/yoki kam daromad topishi[16] kabi omillarga ham bu kabi holatlar koʻpayishining asosiy sababi sifatida qaraladi[1]. Shuningdek, asosiy sabablar sifatida aholining huquqiy savodxonligi va tibbiy madaniyatining yetarli emasligi koʻriladi[1]. Erta va istalmagan tugʻruq holatlari chaqaloqlar savdosining asosiy omillaridan biridir[17][18].

Respublika miqyosida (statistika)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida erta tug‘ruqlar soni[19]
Hududlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Andijon viloyati 1161 1060 890 763 704 690 610 469 496 467 540 804 911
Buxoro viloyati 768 773 724 686 536 457 429 397 368 362 371 472 485
Fargʻona viloyati 1630 1511 1459 1209 1007 797 789 503 569 678 800 1080 1216
Jizzax viloyati 343 327 275 279 215 160 196 146 175 174 198 257 246
Namangan viloyati 1210 1242 1057 543 834 420 649 319 303 365 557 869 990
Navoiy viloyati 322 322 278 223 187 147 117 101 84 78 83 121 116
Qashqadaryo viloyati 1185 1388 1537 1558 1405 1191 343 261 1105 946 818 1152 1187
Qoraqalpogʻiston 1094 1100 1008 697 810 682 580 547 511 410 311 323 342
Samarqand viloyati 1794 1460 2234 1882 1938 1928 1781 1948 2072 1839 1560 1833 2004
Sirdaryo viloyati 298 315 243 208 174 144 116 96 118 107 123 144 132
Surxondaryo viloyati 860 552 997 895 668 617 549 586 561 550 531 695 798
Toshkent viloyati 1174 1110 960 898 753 664 556 480 454 443 403 733 672
Toshkent shahri 734 713 601 560 450 394 350 252 255 258 320 445 593
Xorazm viloyati 660 755 651 588 513 385 346 254 264 214 225 268 232
Jami 13233 12628 12914 10989 10194 8676 7411 6359 7335 6891 6840 9196 9924

Oldini olish boʻyicha tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi erta tugʻruq va erta turmushning oldini olish, chet elga qatnashga majbur boʻlayotgan ayol mehnat migrantlari bilan samarali ishlash, xotin-qizlarning oʻz joniga qasb va suiqasd qilishlarini oldini olish borasida shugʻullanadi[20].
  • Oʻzbekistonda UNFPA Xotin-qizlar qoʻmitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va mahalliy hamjamiyatlar bilan hamkorlikda erta turmush qurishning salbiy oqibatlaridan xabardorlikni oshirish, oʻsmir qizlar va oʻgʻil bolalarni reproduktiv salomatlik va huquqlar masalalari boʻyicha oʻqitish maqsadida ish olib boradi[21]
  • Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan „Mustahkam oila“, „Ahil oila“, „Hayotga qoʻshil“, „Ijobiy fikrlashni oʻqitish“ kabi targʻibot ishlari olib boriladi[11]
  • Oʻsmir qizlarga yordam berish maqsadida oila, mahalla, gender, xotin-qizlar, ularni tadbirkorlik masalalari bilan bogʻliq mas’ul tashkilotlar tomonidan shlab chiqilgan 120 mingdan ortiq qoʻllanmalar hududlarga yetkazib berilgan[2].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ko‘payib bormoqda – Senat“. kun.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „O‘zbekistonda erta turmush va erta tug‘ruq masalasi dolzarbligicha qolayotgani aytildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „O‘zbekistonda erta turmush holatlari 97%ga kamaygan“. gazeta.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  4. „Samarqand viloyatida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida 8ta tug‘ruq qayd etilgan“. kun.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  5. „«105 фожиа» - Эрта она бўлган қизлар тақдири ҳақида ким қайғуради?“. kun.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  6. „Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи фаолиятига тўсқинлик қилаётган муаммолар кўриб чиқилди“ (uz). uza.uz. — „17 ёшгача қизлар ўртасида 50 та эрта туғруқ ҳолати қайд этилган.“. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  7. „Ўзбекистонда жорий йил 17 ёшгача қизлар ўртасида 50та эрта туғруқ ҳолати қайд этилган“. kun.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  8. „Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги томонидан 13-17 ёшли ўсмир қизлар орасида эрта туғруқ ҳолатлари таҳлил қилинди.“. www.moqqv.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  9. „13-17 yoshli o'smir qizlar orasida erta tug'ruq holatlari tahlil qilindi“. uzreport.news. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  10. 10,0 10,1 „11 yillik ta'lim tizimiga o‘tilishi qizlar orasidagi erta tug‘ruq holatlarining 34 foizga kamayishiga sabab bo‘ldi - XTV“. kun.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  11. 11,0 11,1 „11 йиллик таълим тизимига ўтилиши қизлар орасидаги эрта туғруқ холатларини 34 фоизга камайишига сабаб бўлди“. xalq ta'limi vazirligi. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  12. 12,0 12,1 „O‘zbekistonda 11 yillik ta’limga o‘tilishi qizlar orasidagi erta tug‘ruq holatlarini 34 foizga kamayishiga sabab bo‘lgani ma’lum qilindi“. daryo.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  13. „Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 21.02.2022й “2030 йилгача бўлган даврда барқарор ривожланиш соҳасидаги миллий мақсад ва вазифаларни амалга оширишни жадаллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 83-сон қарори“. lex.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  14. „Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida erta tug‘ruq va istalmagan homiladorlik, erta turmushga uzatishning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.“. wcu.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  15. „Erta homiladorlik va tug‘ruq holatlari kuzatilgan o‘quvchi-qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashagan“. zarnews.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  16. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferentsiya tizimi orqali majlisi bo‘lib o‘tdi.“. yuz.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  17. „O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holati ko‘paygan“. qalampir.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  18. „Сенат Кенгашининг мажлиси бўлиб ўтди“ (uz). senat.uz. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  19. „Erta tug‘ruqlar soni“. stat.uz. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  20. „"Oilam baxti-o'z qo'limda" oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar“. iiv.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
  21. „UNFPA Launches its State of the World Population Report in Uzbekistan“. uzbekistan.unfpa.org. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.