Oʻtkir Siddiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtkir Siddiqov
Tavalludi 1945-yil
Vafoti 20-noyabr 2023-yil
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Suxandon
Faoliyat yillari 1968—2023
Dini Islom
Unvoni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Mukofotlari

Oʻtkir Siddiqov (1945-yil, Toshkent – 20.11.2023) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, suxandon[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siddiqov Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) ning drama va kino aktyorligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil ogan. 1968-yildan „Shodlik“ ashula va raqs ansamblida faoliyat koʻrsata boshlagan. Boshlovchi oʻlaroq 8 mingga yaqin tadbir va konsertlarda qatnashgan. 250 martadan ortiq turli mamlakat va shaharlardagi gastrol safarlarida boshlovchi boʻlgan. Zamonaviy oʻzbek estradasida konferansyelik sanʼatining rivojlanishiga Siddiqov katta hissa qoʻshib kelgan[3].

Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning konsertlariga boshlovchilik qilgan. Shuningdek Avaz Oxunning 2023-yilgacha 10 yildan buyon taqdim etib kelinayotgan har bir konsertida boshlovchi boʻlgan[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. 2017-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[1][2].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siddiqov Avaz Oxunning 2023-yilgi konsertining ikkinchi kunida, 14-noyabrda sahnada koʻrinish bermadi[4][5]. Oradan 4 kun oʻtib, 2023-yilning 20-noyabrida vafot etdi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov vafot etdi“ (2023-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov vafot etdi“ (2023-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. 4,0 4,1 „Avaz Oxunning 10 yillik yubiley konsertidan reportaj“ (2023-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  5. „Avaz Oxunning 10 yillik yubileyida O‘tkir Siddiqov nega sahnaga chiqolmadi? Kulgi ortidagi hayajon va yulduzli mehmonlar (video)“ (2023-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.