Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbegim (Vohidov asari, 2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017
Sahifalar soni 400
ISBN ISBN 978-9943-20-237-5

"Oʻzbegim", toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan. 2020-yil qayta ishlangan versiyasi „Nurafshon biznes“ nashriyotida chop etilgan. 2017-yilgi nashr 2019-yilda, 2020-yilgi nashr esa 2021- va 2022-yillarda qayta bosilib chiqqan.

Toʻplam „Yangi asr avlodi“ nashriyotining „Kamolot kutubxonasi“ ruknida nashr qilingan. Unga shoirning sheʼrlari, „Nido“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari, muxammaslari va Ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Mirzo Gʻolib, Aleksandr Pushkin hamda Sergey Yesenin asarlaridan tarjimalari kiritilgan.