Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek tilining imlo lugʻati (1976)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻzbek tilining imlo lugʻatidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbek tilining imlo lugʻati
Muallif(lar) Sobirjon Ibrohimov
A. Begmatov
A. Ahmedov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i imlo lugʻati
Nashriyot „Fan“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1976
Sahifalar soni 632

„Oʻzbek tilining imlo lugʻati“ — oʻzbek tilining 65 000 dan ortiq soʻz kiritilgan imlo lugʻati. Lugʻatni Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi Shonazar Shoabdurahmonov tahriri ostida va Sobirjon Ibrohimovning ilmiy rahbarligida Ibrohimov, A. Begmatov va A. Ahmedovlar tuzgan. Lugʻat 1976-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan „Fan“ nashriyotida chop etilgan. 2013-yil lugʻat asosida kirill va lotin yozuvlarida 85 000 soʻz kiritilgan imlo lugʻati tuzilgan.[1]

Ushbu lugʻat undan oldin tuzilgan va nashr etilgan lugʻatlardan farq qiladi. Lugʻat Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi 1956-yil 7-aprelda tasdiqlagan oʻzbek orfografiyasining asosiy qoidalariga asoslangan holda tuzilgan. Lugʻat yakunida oʻzbek alifbosi, grafikasi, imlosi va punktuatsiyasi masalalari boʻyicha adabiyotlar koʻrsatkichi keltirilgan.

Lugʻatni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: L. Erkinova – muharrir, V. Traxovich – texnik muharrir, B. Tiy – rassom, M. Asadullayeva – musahhih. Kitob adadi – 20 000 nusxa.

  1. „Oʻzbekistonda 85 ming soʻzdan iborat imlo lugʻati nashr etildi“. Vatandosh (2013-yil 29-avgust). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.